Iqtisodiy talimot doc


KIRISH  "IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI"



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

KIRISH 
"IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI" 
KURSINING PREDMETI VA USLUBI 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim 
o`rinni egallaydi. 
Insoniyat o`zining ko`p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy 
va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu 
mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday 
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari 
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar 
ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni 
har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy 
ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish 
nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik 
tajriba mujassamlashgan bo`ladi. 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum 
davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi 
iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, 
rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. 
Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va 
yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida 
eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan 
asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga 
oladi. 
Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari 
yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va 
boshqa usullardan keng foydalanadi. 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan 
chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" 
fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili 
beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt 
davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi. 
"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari 
tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, 
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy 
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan 
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti bilan 
chambarchas bog`liqligini namoyon etadi. "Eskirgan nazariyalarni ular 
faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas" 
deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki, keyingi, nisbatan yangi 
qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor 
etish natijasida paydo bo`lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi 
nazariyalarnigina o`rganishni taklif etishadi, ammo, bu so`nggi nazariya 
avvalgi ko`p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida 
namoyon bo`ladi yoki bugun biz "yangi" degan fikr ma'lum vaqtdan keyin 
o`zgarishi mumkin. 
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi 
fani bilan bevosita bog`liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni 
qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o`rganish orqali 
ekonomiks, xalq xo`jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar 
hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o`zlashtirish osonlashadi, u yoki bu 
iqtisodiy o`zgarishning shartsharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta 
ko`mak beradi. 
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti 
to`g`risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar 
boyligi" asarida asosan to`la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g`oyalar 
esa qadimdan ma'lum. Ularni o`rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq 
etish yaxshi samara beradi, ko`p hollarda Amerikani yangidan kashf 
etishga hojat qolmaydi. 
Hozirgi paytda dunyodagi ilg`or g`oyalarni o`rganish davomida 
hurfikrlilikka (pluralizmga) keng o`rin berish, har qanday fikrni atroflicha 
tahlil etish kerakligi aniq bo`lib qoldi. 
Bu fanni chuqurroq o`rganish tufayli, bir qancha yechimini 
kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug`iladi. Masalan, 
bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. 
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi 
bilan bog`lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan
aniqrog`i, "ishlab chiqarish omillari" paydo bo`lishi bilan izohlaydilar 
(mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan 
ekan). Keyingi fikr bo`yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada 
boshlandi. 
O`z davrida ilg`or Sharqning ortda qolish, G’arbning ilgarilab 
ketish sabablari, kelajak to`g`risidagi prognozlar ham muammo bo`lib 
turibdi. 
Darslikda shu masalalarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


10 
Iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganishda ma'lum davrlashtirish 
tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: "Amalda iqtisodiy g`oyalar 
o`z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo`lib, ular bilan 
chambarchas bog`langandir; bu g`oyalarni ular tushuntirib berayotgan 
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa 
doimo o`zgarishda bo`ladi, agar bu g`oyalar o`z maqsadlariga to`la javob 
berishni ko`zlasalar, doimo shunga mos ravishda o`zgarib turishlari kerak", 
deb yozgan edi. 
Kapitalizm davrida xo`jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik 
(internatsionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi 
ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy 
maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida 
butun jahonga ma'lum bo`ldi, vaholanki undan avvalgi ko`pgina 
nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko`pchilikka ma'lum bo`lmasdan,"o`lik 
mol" sifatida yotgan. 
G’arb mamlakatlarida yuzaga kelgan "Ekonomiks" va boshqa 
tadqiqotlar barchaning diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda. Qadimdan to hozirgi 
davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g`oya, qarash, konsepsiya, 
nazariya, ta'limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to`la 
o`rganish alohida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangidan yangi 
tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e'lon qilish zarur, bu 
yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Ammo, hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g`oyalarni 
ma'lum sistemaga solish va shu asosda o`rganish maqbuldir. Ammo o`tgan 
davr xodisalari va g`oyalarini hozirgi zamon qarashlari "qolipi"ga zo`rma-
zo`raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar 
zamonaviylashtirishga, o`rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor 
etishga olib keladi. 
Bu fan doim rivojlanishda bo`lib, bir-birini to`ldiruvchi evolutsion 
(mavjud g`oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy 
(butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo`llari mavjud. 
Inqilobiy o`zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g`oyalari, 
marjinalistik 
to`ntarish, 
yangi 
klassik 
yo`nalish 
(A.Marshall), 
J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. O`tish davri 
iqtisodiyoti bo`yicha g`oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari 
majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O`zbekiston 
misolida qarab chiqildi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


11 
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) "Qayerga 
borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz 
kerak", deb aytgan edi. Bu g`oya nihoyatda ahamiyatli bo`lib, bosib 
o`tilgan yo`lni to`g`ri baholash va kelajak istiqbolni ko`zlash haqida gap 
boradi. 
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g`oya - jamiyat, 
insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga 
eltadigan yo`llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko`ramiz. Ilk kapitalistik 
munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo`lgan iqtisodiy 
g`oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan 
asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo`llar 
bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan. 
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy 
ta'limot - merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to`g`risida qisqa 
ma'lumot beradigan bo`lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda 
mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko`proq to`plash, 
ta'limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiy 
qonuniyatlarni izlashdir, ya'ni avvalgi davrdagi g`oyalardan keskin farq 
qiladi. 
Keyingi muhim o`zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga 
kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta'limot ichida fiziokratizm ham 
vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo`lmadi. Klassik maktab 
g`oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo`lmoqda 
(neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog`liq bo`lgan 
marksizm ta'limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o`rinni 
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta'limot to`g`risida imkoni boricha 
gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, 
ko`proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish "moda"ga kirgan. Bunda 
"jon" bor albatta, chunki 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni 
hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo`lga 
o`tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. 
Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni 
chetlab o`tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy 
sotsialistlar va markschilarning iqtisodiy g`oyalari ham o`rin olgan, uning 
tarixiy taqdiri berilgan. 
XIX asr 2-yarmida avvalgi g`oyalarga marksizmga muqobil 
ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb 
ataladigan ta'limot hozirgi zamonning asosiy iqtisodiy g`oyasi hisoblanadi. 
Lekin shuni ham alohida ta'kidlab o`tish kerakki, biror ta'limot doimo sof 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


12 
holda amalda deyarli qo`llanilmaydi. Har bir ta'limotning ko`plab turli 
oqim va yo`nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari 
deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o`rtasidagi 
nisbat ham doimo o`zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta'limotlar tarixi 
fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, 
o`zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy 
ta'limot ta'siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo`lishi kerak. 
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu 
"sotsialistik" deb atalgan va iqtisodiyoti ma'muriy buyruqbozlikka 
asoslangan ("rejali iqtisodiyot" ham deyiladi) mamlakatlarning bozor 
iqtisodiyotiga o`tish davri amalga oshmoqda ("o`tish iqtisodiyoti" deb ham 
nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro`y bermoqda, oxirgi o`n yillik 
tajriba bor. Ammo, bu holat ko`p munozaralarga sabab bo`lmoqda. 
Darslikda O`zbekiston misolida bozor munosabatlariga o`tish 
iqtisodiyoti konsepsiyasi xususiyatlari bayon etiladi. 
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining boshqa fanlardan farqli yana bir 
muhim xususiyati shuki, har bir g`oya, ta'limot uni yaratgan bir yoki bir 
guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas 
bog`liq holda beriladi. 
Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning 
fikricha, fanni o`rganishda olimlarning "avtobiografiya va biografiyalariga 
murojaat qilish, shu yo`l bilan olimlarni aforizm va misollar yordamida 
rag`batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar 
bilan cheklanmaslik zarur". 
Sharq, xususan Markaziy Osiyo donishmandlarining iqtisodiy 
g`oyalarini o`rganish aslini olganda, endi boshlandi, shu sababli kitobning 
bu bo`limi yangi materiallar bilan to`lib borishiga ishonchimiz komil. 
Yetakchi mamlakatlar taraqqiyotining asosiy omillaridan biri, bu 
davlatlar iqtisodiyotining bo`layotgan o`zgarishlarga tez adaptatsiyasidir, 
ya'ni moslashuvidir.
AQSH davlati tarixida qisqa vaqt davomida iqtisodiy siyosat bir 
necha bor almashdi va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya 
(1929-1933 yy.)dan keyingi davrda AQSH prezidenti D.Ruzvelt "yangi 
yo`l" kursi bilan J.M.Keynsning iqtisodiy g`oyalarini amalda qo`lladi 
(davlatning iqtisodiyotdagi roli keskin oshdi, vaholanki, undan avvalgi 
yillari xususiy mulk (99 foiz) asosiy va yetakchi bo`lgan). Keyinroq 
prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi roli ancha 
kamaytirilib, liberal (erkin) iqtisodiyotga keng yo`l ochib berildi 
(reyganomika), oqibatda bu prezident davrida qo`shimcha 14 million kishi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


13 
tadbirkorligiga yo`l ochib berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi. 
Xuddi shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham buni ko`rish mumkin (tet-
cherizm). Iqtisodiy siyosat va iqtisodiy g`oyalarning bir-biri bilan 
chambarchas bog`liqligini isbotlovchi misollarni ko`plab keltirish mumkin. 
Ayniqsa, "sotsialistik" deb atalgan rivojlanish yo`lidan voz 
kechmagan Xitoy va Vyetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham 
diqqatga sazovordir. Bozor iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga 
imkon beruvchi iqtisodiy islohotlar tufayli katta yutuqlarga erishildi. 
Ikkinchi jahon urushi tufayli ikkiga ajratilgan GFR va GDR 
davlatlarining qayta birlashgandan keyingi iqtisodiy rivoji ham juda 
ibratlidir. "Sotsialistik" lager vakillari ichida yetakchi bo`lgan GDRning 
to`la erkin bozor munosabatlariga o`tishi uchun hiyla katta mablag` va vaqt 
talab etilishi aniq bo`lib qoldi. Vaholanki, Rossiyaning taniqli iqtisodchi 
olimlari bozor iqtisodiyotiga o`tishning "500 kunlik", hatto "100 kunlik" 
dasturlarini taklif etdilar (Shatalin, Yavlinskiy...). Bu yo`l o`zini oqlamadi.
Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo`lgan 
yana bir xususiyat shuki, iqtisodiy g`oyalar doimo dialektik rivojlanishda 
bo`lib, ularning tahliliga so`nggi nuqta qo`yish qiyin.Bundan bir necha yuz 
yil avval yuzaga kelgan fikr va g`oyalarning ma'nosi ustida tortishuv va 
bahslar hali ham davom etib kelmoqda. Masalan, hanuzgacha K.Marksning 
qiymat (ruscha - "
стоимость
'") to`g`risidagi fikri aslida qimmat (ruscha - 
"
ценность
'") bo`lgan, degan fikr mavjud. Marks asarlarini nemis tilidan 
tarjimada yo`l qo`yilgan xato tufayli jiddiy tushunmovchilik yuzaga 
kelgan, deyilgan (
Влауг
М

Экономическая
мысль
ретроспективе
. M. 
,1994). 
Bu fan tarixi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko`pgina iqtisodiy 
g`oyalar obyektiv xo`jalik amaliyoti bilan chambarchas bog`liq. Ko`pgina 
olimlar avvallari (hozir ham uchrab turadi) o`z qarashlarini mutloq 
universal bekami-ko`st deb ko`rsatishga uringanlar. Albatta, "abadiy" 
qonuniyatlar ham mavjud bo`lib, ularni istalgan tizimda kuzatish mumkin, 
ammo, ko`p hollarda olimlar bugungi haqiqatning tarixiyligini ilg`ab 
olishga har doim qodir emas. 
Yana bir muhim masala ustida to`xtab o`tish kerakki, avval yuzaga 
kelgan iqtisodiy g`oyalarga shu kungi o`lchovlar bilan baho beriladi va 
odatda ilgarigi g`oyadagi "xato" va "kamchilik"lar aniqlanib, yangi 
g`oyaning undan afzalligi "isbotlanadi". 
Bunda 
dialektik 
mantiq 
bor 
albatta, 
lekin 
yuqorida 
ta'kidlanganidek, avvalgi g`oyalar tufayli odatda yangi g`oyalar yuzaga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


14 
keladi, shuning uchun bu g`oya "yaxshi", unisi "yomon" kabi baholash 
adolatdan bo`lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o`zidan avvalgi davrda 
yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta'limotlari tahlil 
etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o`rganilgan. 
Yetakchi G`arb olimlari ko`p hollarda uch buyuk shaxsning 
g`oyalariga alohida urg`u berishadi: bu Smit, Marks, A.Marshall va 
Keynsdir. 
Bu olimlarning iqtisodiy g`oyalarida mavjud ta'limotlarning 
ko`pchiligi o`z in'ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g`oyalari rivojiga 
alohida hissa qo`shgan shaxslardir. 
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fani bo`yicha yaratilgan adabiyotlarga 
to`xtaladigan bo`lsak, bu masala o`zbek o`quvchilari uchun eng nozik 
masala deyish mumkin. 
1997 yili "Fan" nashriyoti tomonidan e'lon qilingan o`quv 
qo`llanmadan (2000 nusxa) so`ng, 2001 yilda Toshkent Moliya instituti 
tomonidan ham qo`llanma (300 nusxa) bosilib chiqqan. 
2001 y. Q.Yo`ldoshev va Q. Muftoydinovlar tomonidan "Iqtisodiy 
ta'limotlar tarixidan" nomli qo`llanmada Sharq iqtisodiy g`oyalari tahlil 
etiladi. Yu.B.Yusupovning rus tilida (1999) chop etilgan ma'ruzalar matni 
diqqatga sazovordir. 
2000 yildan boshlab TDIU magistraturasida "Iqtisodiy nazariyasi" 
mutaxassisliklari uchun "O`rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy 
g`oyalari" maxsus kursi o`qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, 
ma'ruzalar matni va boshqa me'yoriy hujjatlar tayyorlanib, amalda 
qo`llanilmoqda. 
Xorijda esa (jumladan, Rossiyada) bu sohada ancha ishlar 
qilinganini qayd etib o`tish kerak. Taniqli G`arb iqtisodchisi Mark 
Blaugning (1927 y. tug`ilgan) "
Экономическая
мысль
ретроспективе

asarining to`rtinchi nashri (1984y.) rus tiliga tarjima qilingan (1994 y.) 
bo`lib, bu kitobda iqtisodiy g`oyalar tarixi bo`yicha dastlabki adabiyotlar 
Britaniya ensiklopediyasida chop etilgan J.Mak-Kulloxning maqolasi bilan 
boshlanishi qayd etiladi. M.Blaug (birinchi nashri 1961 y.) kitobida 
iqtisodiy g`oyalar tarixi bo`yicha boy bibliografiya berilgan. Adabiyotlar 
ikki qismga bo`linishi mumkin: ular asosan tarixiy va mantiqiy tamoyillar 
asosida yozilgan. Ayniqsa, Germaniyadagi tarixiy maktab ta'siri ostida 
ko`p adabiyot shu asosda beriladi. M.Blaug asari mantiqiy tamoyil asosida 
tuzilgan, asosiy e'tibor g`oya mualliflariga, ularning tarjimayi holi, o`sha 
davr tarixiy shart-sharoitiga emas, balki ular yaratgan iqtisodiy ta'limotning 
mazmuni va boshqalardan farqiga bag`ishlangan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


15 
Rus tilida chop etilgan va biz o`qib kelayotgan asosiy adabiyotlar 
tarixiy tamoyil asosida chop etilgan va sinfiy, partiyaviy nuqtayi nazardan 
berilgan, asosiy mezon markscha-lenincha ta'limotdir. Shuning uchun 
deyarli barcha o`quv qo`llanmalari va darsliklar, 6 tomli "
История
все
-
мирной
экономической
мысли
" (4 tomi chiqqan) kitoblari ma'naviy 
jihatdan eskirdi. Bu kitobning 3-4 tomlari marksizm-leninizm g`oyalariga 
bag`ishlangan. 1994 yilda e'lon qilingan "
Историяэкономических
учений

част
II" va undan keyin e'lon qilingan kitoblarigina hozirgi davr 
talablariga javob bera oladi (adabiyotlar ro`yxatiga qarang). 
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo`lgan 
shaxslarning ko`pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo`yicha boshqa soha 
sohiblari yoki davlat arboblari bo`lganlar. Masalan, klassik maktab 
asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat 
F.Kenye jarroh, B.Mandevil va A.Smitlar faylasuf bo`lishgan. Bunday 
misollarni ko`plab keltirish mumkin, ammo, biz ularni asosan iqtisodchilar 
deb bilamiz. Shu sababli, kitobda iqtisodchilarning tarjimayi holidan ayrim 
qiziqarli voqealar ham keltiriladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin