1.3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g`oyalar
Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldor-
lik munosabatlari o`zining eng yuqori cho`qqisiga ko`tarilgan edi. Rimning
boshqa yerlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik im-
periya yuzaga keldi, ko`plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi.
Asosan asirlardan iborat bo`lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan
og`irroq bo`lgan. Yana bir o`ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada
qullar ko`proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo`lsa, Rimda qullar
asosan qishloq xo`jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning
quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar shu yerda eng keskin tus oldi va
oxir-oqibatda kolonatning paydo bo`lishiga olib keldi. Aholining kam-
bag`al tabaqalari asrlar davomida yerga egalik qilish uchun keskin kurash
olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiy g`oyalarga ta'sir etmay qolmadi,
qullikka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik xo`jaliklari -
villalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi.
Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi
iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Bu g`oyalarning rivojiga e'tibor berilsa,
quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo`lgan munosabat ham
o`zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-149 yy.) yirik yer egasi bo`lgan,
"Dehqonchilik" nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo`jalikni hi-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
30
moya qildi. Katon o`z talablarini o`zi ta'minlovchi yoki asosan iste'mol qi-
ymati ishlab chiqaruvchi xo`jaliklarni tan olar edi (natural xo`jalik himoya
qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo`jalikda ishlab
chiqarish mumkin bo`lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan
g`oyani qo`llaydi. U qul mehnati asosida xo`jalikni yuritishning yangi us-
lublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olinish
kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o`rgatish oson bo`ladi (yoshi kat-
talarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug`i sepilsa, ularda
egasiga nisbatan ig`volar yo`qoladi. qullar qattiq intizom asosida ishlatil-
ishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintiril-
ishi taklif etiladi.
Bu davrda natural xo`jalik bilan birga bozor munosabatlari ham
rivojlanayotgan edi. Bozorni qo`llagan Katon shu bilan birga yollanma
mehnatga dushman bo`lgan. U qul mehnatini to`g`ri tashkil etishga alohida
ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qul-
lar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho`kiz davolangan, qulni esa
"eski arava" sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo`layotganligini
ko`rgan Katon yaylov xo`jaligini, keyinchalik savdo va sudxo`rlikni
qo`llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni
to`la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo`shgan (xato fikr). "Yuqori
foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak",
deydi u.
Dehqonlar qo`lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga
kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yer-
sizlandi. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar
o`rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakx-
larning agrar islohotiga sabab bo`ldi. Ular yersiz yoki kam yerli
dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo,
bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash
yo`li bilan hal etmoqchi bo`ldilar. Yer egalarining qo`lidagi yerning bir
qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib kam yerli dehqonlar-
dan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko`zda tutilgan, eng muhimi, bu
toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo`lishi kerak edi.
Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo`yicha, dav-
lat yeridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har o`g`li
uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish
ta’qiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan
bo`linib, kambag`al fuqarolarga berilgan, lekin bu yerni birovga sotish man
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
31
etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer
egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132 yilda ataylab
o`ldirildi, Gay (ukasi) Grakx m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga
oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o`zgarishlarni
amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer
uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat
yerlarini sotishga yo`l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.a. 121 y.da
Gay ham jangda halok bo`lgan).
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan
davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va Lusiy Kolumella (I
asr) lar quldorlik xo`jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab
chiqdilar. Shu bilan birga olim va arxeolog bo`lgan Varron "qishloq
xo`jaligi to`g`risida" degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o`rin
beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan
chorvachilikni birga rivojlantirishni ma'qul deb biladi. Varron ular
o`rtasidagi "Buyuk ittifoq" tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki,
Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori
bo`lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo`jalik o`z-o`zini
ta'minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e'tibor qilgan, qullar ek-
spluatatsiyasi tarafdori bo`lgan va ularni "gapiruvchi qurollar" deb bilgan.
U qullarning siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda
bir millatga tegishli qullarni ko`p saqlamaslik kerak, deb tavsiya etgan
(chunki birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o`zining qishloq xo`jaligiga oid yirik asarida qullar
mehnatining samarasi pastligini ta'kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning
fikricha, qullar yerni yaxshi ishlamaydilar, yer yuqori hosil berishi uchun
qayg`urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qul-
larnikidan yuqori bo`lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga
nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik lati-
fundiyalarning inqirozi aniq bo`lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo`l
bilan bordi, ya'ni hosil qo`shimcha yer hisobigagina oshdi. qullar imkoni
boricha yerni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlarni erkin ko-
lonlarga bo`lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to`g`ri xulosaga
keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga o`tish kerak edi (hozirgi davrga
solishtirib ko`ring).
Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va
mashhur notik bo`lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan
bo`lib, savdo-sotiq ancha o`sdi, sudxo`rlik boyish manbayiga aylandi. U
qishloq xo`jaligini qo`llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
32
mahsulot yetkazar edi), yirik savdo va sudxo`rlikni boyish manbayi deb
hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan
birga savdogar va sudxo`rlarning manfaatini ham himoya qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o`sdi, qullar
qo`zg`oloni ro`y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.)
qullar qo`zg`oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo`lsa ham,
tuzum zaminiga jiddiy zarba bo`ldi. Lutsiy Sergey Katalina m.a. 63-62 yy.
kambag`al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo`q
qilmoqchi va boyimoqchi bo`ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi.
Yangi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan
barqarorlik davri bo`ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi
tobora ayon bo`lib qoldi, kolonat o`sdi. Aristotel g`oyalarida qulchilik
tabiiy zarurat deyilgan bo`lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli
kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa bosh-ladi.
Lutsiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy
xavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni taklif
etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o`tish kuchaydi. Ana shun-
day bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xris-
tianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqad-
das kitobda bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham berilgan. Oddiy xo`jalik
faoliyati (mehnat) zarur va ulug` ish deb qaraladi. Dastlab og`ir qullar haq-
huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo`li yuqoridan, xu-
dodan deb bilgan. O`sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu
bo`ldiki, xalqlar o`rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor etildi, din
oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar
orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo`lib, eksplua-
tatsiya inkor etilgan, odatda sadaqa hisobiga kun ko`rilgan. Birinchi xris-
tianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida xristianlikka
Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va
bo`lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g`oyalari
Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U ham-
maning mehnat qilishi zarurligini, "ishlamagan tishlamaydi" (apostol
Pavelning fikri) g`oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini
eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat
foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jis-
moniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo, Avgustin qullarni ozod
qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining axloqiy
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
33
takomillashuviga yordam berish, degan xulosa chiqargan. Bu dinda odil
baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk,
boylik va boshqa ko`pgina iqtisodiy muammolarga tegib o`tilgan. Avgustin
Blajenniy "G’aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo uning tarixini
uyg`otish zarur", degan buyuk fikrni ifoda etgan.
XULOSA
Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan
shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g`ri
kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi.
Antik dunyoga ma'lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, ab-
straksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tu-
shunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi
qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan
Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan belgilash, mahsu-
lotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan,
foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga
aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq
nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq
boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog`lanish, iqtisod va qonun ma-
salalariga tegib o`tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik
dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqon-
chilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham
qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg`arish)
funksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag`batlantirish, boylik
jamg`arish zararli deb hisoblangan. "Ekonomika", "Xrematistika" tushun-
chalari kiritilugan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kate-
goriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan,
ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik eng yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray bosh-
ladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). qulchilikka
munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi,
dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati
qo`llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar
(Grakxlar) yo`li boshlandi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
34
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato rav-
ishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari
Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g`oyalar mavjud, masalan sotsial-
izmning bosh tamoyili bo`lgan "ishlamagan tishlamaydi" g`oyasi eramiz
boshida ma'lum edi.
qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy
g`oyalarda natural xo`jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |