Iqtisodiy talimot doc


F.Listning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
13.2.F.Listning iqtisodiy qarashlari 
Fridrix List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug`ildi. U o`qishni 15 yoshda tugatib, 
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo`lib ikki yil ishladi. Key-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


265 
inchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning 
o`zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo`yicha tugatdi. 
1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti kafedrasi pro-
fessori bo`lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo`nalishdagi taniqli publit-
sist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat'iy tarafdori sifatida 
tanildi. U 1847 yil Bryussel' shahrida bo`lib o`tgan iqtisodchilar kongres-
sida o`zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiklik qo-
biliyati bilan ko`pchilikning e'tiborini o`ziga qaratdi. List 1819 yilda Ger-
maniya iqtisodiy birligini ta'minlash maqsadida "Savdo-sanoat ittifoqi"ni 
tuzdi. 
F.List 30 yoshida Vurtemberg parlamenti a'zosi bo`lib, o`zining 
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday 
siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo`ldi. Natijada 
u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 
Dastlab u fermerlik bilan shug`ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining 
muharriri bo`ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. 
F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQSHda 
sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o`rganib, Amerika taraqqiyoti 
uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi. 
1832 yildan F.List Yevropaga qaytib AQSHning Leypsigdagi el-
chisi bo`lib ishladi. Shuningdek u Leypsig-Drezden temir yo`lini qurish 
maqsadida Germaniyada birinchi bo`lib hissadorlik uyushmasini tashkil 
etdi. F.List o`zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so`ng Parijda uch 
yil yashadi. U o`zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammo-
larni keng o`rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifoda-
chisi bo`lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga 
chiqdi. U o`zining "Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi" (1841) nomli 
asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o`rtaga qo`ydi. 
Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to`g`risidagi ta'limot unga asos 
bo`lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, ahloqni, ma'navi-
yatni va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo`shdi. 
F.Listning ta'limotiga ko`ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
"millatning ruhi" (toj-taxtning meros bo`lib qolishi, huquq, sud, armiya, 
politsiya va shu kabilar) yaratadi. 
F.List ta'limotida xo`jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari 
to`g`risidagi g`oyalar katta o`rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta 
bosqichga: 
badaviylik, 
cho`ponlik, 
dehqonchilik, 
dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo`ladi. 
Bunday bo`lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o`sishini 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


266 
har tomonlama qo`llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq 
xo`jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan 
iborat edi. 
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlan-
ishi va savdo siyosati atrofidagi qizg`in tortishuvlarda alohida o`rin egal-
lab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta'sir ko`rsatdi. F.List o`zining g`oyalarini 
rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti 
orqali bo`lishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan hi-
moya qilish zarur ekanligini ko`rsatadi. Ushbu asar o`z davrida demokratik 
ziyolilar tomonidan qizg`in qabul qilinib, katta qiziqish bilan o`qildi.
Germaniyaga qaytgandan so`ng olim Augsburg shahrida yashab, 
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, shovinistik 
kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining dastlabki hi-
moyachilariga yo`l ochib berdi. List urushlar va bosqinchilikning tarafdori 
bo`lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-sanoat holatiga o`tishga 
ko`maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U Janubiy-sharqiy Yevropadagi 
bo`sh yerlarni Germaniya bosib olishi zarur, deb hisoblaydi. List hayotin-
ing so`nggi yillarida Angliyaga bo`lgan o`z munosabatini o`zgartiradi, 
chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga 
qarshi deb hisoblardi. Endi uning fikricha, Angliya Germaniyaning qit'a 
qo`shnisi hisoblangan Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo`llashi 
mumkin edi. 
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoy-
andasi bo`lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo`lib faoliyat 
ko`rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo`lgan qiymat va daromadlar 
nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari 
olimni qiziqtirmadi. Asosiy e'tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masala-
lariga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy sis-
temasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo`jalik rivojlan-
ishining milliy xususiyatlarini ko`rmasdan, barchasiga umumiy "tabiiy" 
qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi. 
"Turli millatlar,- deb yozadi List, turli bosqichda bo`ladilar. 
Bunday sharoitda ular o`rtasidagi to`liq erkin savdo ayirboshlash qiymati 
nuqtayi nazaridan jahon xo`jaligi uchun ma'lum mavhum foydani keltirishi 
mumkin bo`ladi." Lekin bu holat qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish 
kuchlari rivojiga to`sqinlik qiladi. U o`z konsepsiyasini ishlab chiqarish 
kuchlari nazariyasi deb yuritib, Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga 
qarshi qo`yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari 
deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini tushunadi va ularsiz millat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


267 
boyligi bo`lmaydi, deb yozadi. Shuningdek u faqatgina qishloq xo`jaligi 
bilan shug`ullanadigan millat bir qo`l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, 
deydi. List ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni proteksionizm 
tarbiyasi yordamida amalga oshirishni o`rtaga tashlaydi. Davlat 
sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab chiqarishni chet el raqobatidan to 
o`zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo`lguncha himoya qilishi 
kerak deyiladi. Erkin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya'ni 
hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni 
tavsiya qiladi. Hozirgi davrga kelib Listning bunday qarashlarining 
ayrimlari dolzarb bo`lib, hayotda o`z o`rnini topmoqda. Masalan, 
millatning boy, kudratli bo`lib borishi uning qanchalik ko`p sanoat 
mahsulotini eksport qilishi bilan va kam mahsulotni import qilishi bilan 
belgilanadi. Bu o`rinda Yaponiya tajribasini ko`rsatishimiz kifoyadir. Bu 
davlat so`nggi yillarda tez iqtisodiy rivojlanish hisobiga, ya'ni tashqi 
savdoni to`g`ri yo`lga qo`yganligi uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida 
oldingi o`ringa chiqib oldi. Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy 
masalalardan hisoblangan kapitalizm taraqqiyoti doirasida o`z tarixi va 
xo`jaligining 
xususiyatiga 
ko`ra 
jahon 
hamjamiyatining 
so`nggi 
qatorlaridan o`rin olgan mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf 
etish yo`lidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni 
rivojlantirish 
uchun 
harakat 
qilayotgan 
yosh, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning List ta'limotiga katta e'tibor berayotganliklari tabiiy 
holdir. Chunki ularning oldida jahon bozorida hukmronlik qilayotgan 
rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o`z sanoatlarini himoya 
qilish vazifasi turibdi. 
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolutsiyasini ilmiy-
iqtisodiy adabiyotda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX 
asrning 40-60-yillarini o`z ichiga olib "Eski tarixiy maktab" yoki oddiygina 
"Tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand 
bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX asrning 70-90 
yillariga to`g`ri kelib "Yangi tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. 
G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. Uchinchi davr 
XX asrning 30-yillarigacha davom etib "Eng yangi tarixiy maktab" davri 
yoki qisqacha "ijtimoiy yo`nalish" nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar 
uning asosiy mualliflari edilar. Biz ushbu maktablar namoyondalarining 
qarashlarini o`rganishdan boshlaymiz. "Yangi tarixiy maktab" va "ijtimoiy 
yo`nalish"ni esa ularning ko`pgina qarash va fikrlarining yaqinligi sababli 
birgalikda ko`rib chiqamiz. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


268 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin