Til paradigmalarining jamiyatning ijtimoiy hayoti va


  «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#137898
1   2   3   4   5   6
ZDIFT0781 (1)

441 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
o'rganilayotgan ob'ektlarning ishlash qonuniyatlarini bilish nuqtai nazaridan
bunday tadqiqot muhiti noo'rin, unchalik foydali emas (garchi u ko'pincha 
shunday bo'lsa ham). ilmiy jamoalar, maktablar, yo'nalishlarning paydo 
bo'lishiga turtki). Bu kontekstda fandagi universalizm g'oyasi ayniqsa jozibali 
ko'rinadi, ammo shuni yodda tutish kerakki, ilmiy asoslangan, "etuk" 
universalizm mukammal tadqiqot vositalarini talab qiladi, shuningdek, fanlararo 
muammolarni hal qilishga qodir bo'lgan yangi turdagi "etuk" tadqiqotchini taklif 
qiladi. 
XII asr boshlarida Xorazm davlatining mavqei ko'tarilib, butun 
Movarounnahrni qamrab oladi. Bu yer fan va madaniyat o‘chog‘iga aylanadi. 
Mo‘gullar hukmronligi davrida ham bu an’ana davom etadi. Bu davrda Xorazm 
Oltin O'rda xonligiga qaram edi. Oltin O‘rdada XIII-XIV- asrlar mobaynida adabiy 
markaz vujudga keldi. Bu yerda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq, qipchoq-
o‘g‘uz qabila tillari xususiyatini o‘zida ifodalaydi. O‘g‘uz urug‘lari son jihatdan 
ko‘pchilikni tashkil etib, ular Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmni egallagan 
edi. 
Oltin O'rda adabiy tili qoraxoniylar davridagi adabiy til bilan bog‘langan edi. 
Oltin O‘rda adabiy tili shu tilning bevosita davomi edi. Bu tillarning farqi Oltin 
O‘rda ko‘proq, o‘g‘uz, qisman qipchoq, urug‘ tillari xususiyatlarining bo‘lishi 
bilan o‘lchanadi.
4
Bu davrda yozilgan asarlar til jihatdan ko‘proq, qipchoq o‘g‘uz 
urug‘ tillari xususiyatini o‘zida ifodalaydi. Xorazmiyning «Muhabbatnoma» si, 
Qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni, diniy xarakterdaga «Rohatul qulub», 
«Najhul farodis», Alining «Qissai Yusuf» asari, Tuxtamish va Temur Tug’luq 
yorliqdari, Oltin O’rda adabiy tilini tashkil etadi.
5
XIV asrga kelib eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. Buning vujudga 
kelishiga sabab faqatgina ichki faktorlar o’zbek xalqi shakllanish jarayonining 
kuchayishi, Farg‘ona va Movarounnahr turkiy aholisi birligining yaratilishigina 
emas, balki Qoshg‘arda va Orol dengizigacha bo‘lgan yerni ishg‘ol qilgan Oltin 
O‘rda adabiy tillarining shakllanishi ham edi. Bu esa, o‘z navbatida, eski o‘zbek 
adabiy tilining dialektal xususiyatlarini ko‘paytirar edi. Farg‘ona va 
Movarounnahrda yaratilgan adabiy asarlar tilidan Xorazmda yozilgan adabiy 
asarlar tili ma'lum dialektal farqlar bilan ajralib turadi. Eski o‘zbek tilining 
shakllana boshlash davrida qabila va urug‘ tillarining xususiyatlari adabiy 
4
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 
1971. 
5
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin