136
MA’LUMOT
UCHUN
Ijtimoiy hayotda
shiddatli ziddiyatlar hukm
surgan
bu murakkab davrda
adabiyot va san’at milliylik,
insonparvarlik, xalqchilik kabi
tamoyillarga sodiqligini saqlab
qoldi.
O‘zbek yozuvchi va shoir-
laridan Fitrat, Cho‘lpon, Ab-
dulla Qodiriy,
Sadriddiy Ayniy,
Hamza va boshqalar o‘z asar-
lari bilan milliy qadriyatlarni
saqlash va himoya qilishga
urindilar. Bu davr adabiyot
maydoniga G‘afur G‘ulom,
Oybek,
Hamid Olimjon, Zul-
fiya, Abdulla Qahhor, Usmon
Nosir, Mirtemir, Oydin Sobi-
rova, Uyg‘un, Komil Yashin,
G‘ayratiy, Sulton Jo‘ra, Amin
Umariy kabi bir qator iste’dodli
yosh shoirlar,
adiblar va dra-
maturglar qo‘shildilar.
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbek milliy musiqasini rivojlantiri-
shda o‘zbek kompozitorlaridan To‘xtasin
Jalilov, Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Muta
-
vakkil Burhonovlar katta mehnat qildilar.
Ajoyib rejissyorlar va aktyorlar Mannon
Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘raye-
va, Razzoq Hamroyev, Olim Xo‘jayev, Shu-
kur Burhonov va boshqalar tufayli o‘zbek teatr
san’ati gullab-yashnadi.
Komil Yormatov, Nabi
G‘aniyev, Rahim Pirmuhammedov singari ki-
nematografiya arboblari yetishib chiqdi.
Raqs san’ati va xonandalikda Halima No-
sirova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unbo-
yeva, Lutfixonim Sarimsoqova, Muhiddin Qori
Yoqubov,
Komiljon Otaniyozov, Karim Zokirov
va boshqalar yuksak mahoratga erishdilar.
O‘zbek musiqa va vokal san’atining rivoj-
lanishida 1936-yili Toshkentda ochilgan davlat
konservatoriyasi muhim rol o‘ynadi.
Bu
davr respublikadagi ijodk
orlar uchun
turli izlanishlar
, dunyoqarash jihatidan
birbirlaridan far
q qiluvchi talaygina yo‘na
lishlarning qattiq to‘qnashuvlari bilan to‘lib
toshgan
hamda k
o‘plab talafotlar berilgan va
ba’zilar uchun fojia bilan tugagan va shu bilan
birga yangiyangi iste
’dodlar dunyoga k
elgan
va kurtak yozgan davr bo‘ldi.
136
Dostları ilə paylaş: