O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari
Barcha
mamlakatlar
iqtisodiyotini
rivojlanishida
soliqlar
byudjet
daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan
majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat
umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi
mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy
to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar–foyda
solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan
tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona
ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar),
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va
yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana
savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham
amal qiladi.
Jamiyat
rivojlana
boshlagan
sari
soliq
tizimi
ham
rivojlanib,
takomillashtirilib boriladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining
muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish
tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim
masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari
sifatida belgilab olindi.
41
Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish
borasida o’ndan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va
farmoyishlari qabul qilindi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator
soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan
majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2
trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad
solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25
foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor
qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk
solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes
sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida
tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1
oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi
hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’
qolishi kutilmoqda.
Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini
mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilishi hisobiga 2018 yilning
o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so’m yoki 2017 yilga nisbatan 6
barobar ko’p mablag’ qoldi, 2019 yil yakunlari bo’yicha bu ko’rsatkich yanada
oshgan.
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli
byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va
byudjetga aloqador barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, balki uch
yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni
tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish
va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng jamoatchilik
foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda
42
aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida
boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor
vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida
moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan
mablag’ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor
ko’rsatkichlaridan iborat, natijaga yo’naltirilgan indikatorlari bo’lishi, moliya
bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni
joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada
kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash,
mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo’lgan insofli, halol soliq to’lovchilarni
rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda yangi
tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim
soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag’larning kamayishini
samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish
hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini
bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi.
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda soliqlarni
rag’batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to’g’ri ishlatgan holda korxona
va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko’tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish
maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish
imkoniyatlari bo’yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish
bo’yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo’lni topib olish lozim.
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning
asosiy manbai hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar
kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik
yurituvchi subyektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat
endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda.
43
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida
belgilangan
islohotlarning
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish,
qonun
ustuvorligini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini, shu
jumladan, soliq sohasini ham isloh qilishga qaratilgandir.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni
yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq
to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning
mavjudligi
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi
dasturlarini
moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta'minlashga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Soliq tizimining hozirgi holati erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq
javob bermaydi. Shuning uchun soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilg’or xorijiy
tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda
tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq
yuki, soliqlar turining ko’pligi, ularning ma'muriyatchilik jarayoni murakkabligi
iqtisodiyotimiz ravnaqiga to’sqinlik qilmoqda.
Amaldagi soliqqa tortish tizimi hali zamonaviy talablar darajasiga
ko’tarilmagan. Jumladan, soliq qonunchiligi barqaror emas, soliq va majburiy
to’lovlarni hisoblash murakkab. Natijada ishlab chiqarishni kengaytirish hamda
modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilmayapti.
Kichik va yirik biznes sub'ektlari o’rtasidagi soliq yukida sezilarli darajada
farq mavjud. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlarining yiriklashuviga ta'sir qilmay
qolmayapti, albatta. Soliqning yuqoriligi hamda qo’shimcha qiymat solig’ini
undirish tizimi soliq to’lovchilarning aylanma mablag’lari tortilishiga, iste'mol
44
mahsulotlari narxlari qimmatlashishiga olib kelib, kichik va yirik biznes o’rtasidagi
kooperatsiyaning o’sishiga to’siq bo’layotir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
tizimining mukammal emasligi esa mehnatga haq to’lash fondining pasayishiga,
pirovardida oylik ish haqini to’lash bo’yicha yuridik jihatdan to’liq bo’lmagan
soliq sxemasiga olib keladi. Samarasiz soliq ma'muriyatchiligi Davlat byudjeti
kirim darajasiga salbiy ta'sirini o’tkazmay qolmaydi va x.k.
Mamlakatimizda yango soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy
maqsad Respublika Prezidenti tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini
qo’llab- quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga
soliq ma'muriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir. Bunda asosiy e'tibor ish
beruvchi tomonidan to’lanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan.
Ulardan biri qo’shimcha qiymat solig’ini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli
barcha mamlakatlarda qo’shimcha qiymat solig’i 20 foiz etib belgilangan. Soliq
konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O’zbekistonda 12 foizga tushirilishi
belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib
berishdir.
Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo’llab- quvvatlashga
xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo’rqmasdan, soliqlarni to’lashdan
qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko’rsatgan holda, faoliyat yuritish uchun
sharoit yaratishga qaratilgan. Masalan, qaysidir ish beruvchi shu kungacha
xodimiga 1 million so’m miqdorida maosh beradigan bo’lsa, barcha soliqni
qo’shib hisoblaganda, 55 foizgacha soliq to’lashiga to’g’ri kelardi. Tabiiyki, bu
tadbirkorga og’irlik qiladi. Shu sabab endilikda buni 25 foizgacha tushirish
mo’ljallanyapti.
Bugun O’zbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini
kamaytirish,
ularni
soddalashtirish
rejalashtirilmoqda.
Bu
konsepsiya
tadbirkorlarga haqiqiy yordam bo’ldi. Avvalo, qo’shimcha qiymat solig’i stavkasi
pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to’loviga o’tishi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |