39
Xulosa qilib aytsak, tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashni isloh qilishning
muhim chorasi, respublikamiz bo’yicha ma’lum davrda
barqaror normativlarning
joriy etilishi hisoblanadi. Tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan
ortiq tushumlardan esa mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlari 50%
qilib belgilash maqsadga muvofiqdir. Ma’lum
muddat belgilangan barqaror
normativlar budjet aniqligini, istiqbol
rejalarini yaxshilanishini, budjet
boqimandalarini kamayishini hamda budjet parametrlarini
ishlab chiqishda
kelishuvchanlik amaliyotini qisqartirishni ta’minlaydi. Rejadan ortiq tushumlarni
yagona
normativ asosida taqsimlash, rejadan ortiqcha tushumlar yig’ilishada
manfaatdorlikni oshiradi, respublika va mahalliy
budjetlar daromad bazasini
mustahkamlab dotatsiya hajmini kamaytiradi.
Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy
tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli budjetlar o’rtasida
taqsimlanadi.