Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi
Reja:
Ilmiy uslub va uning turlari
Termin (atama)lar va ularning vujudga kelishi
Til va terminologiya
Sohaviy atama va so’zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy
xususiyatlari
Sohaviy atamalarning boyib borish usullari
Terminlarning turlari.
Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko’p ma’nolilik
munosabatlarining namoyon bo’lishi.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy
matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari tartibi adabiy til
qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan sohasiga oid
atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi.
Masalan,
qishloq va suv xo’jaligi
sohasida sabzavotchilik, zooinjeneriya, mevachilik, uzumchilik, issiqxona, dorivor o’simliklar,
ekin, biologik xususiyat, harorat, yorug’lik, namlik, tuproq, urug’, gidroponika usuli
kabi
terminlar ishlatiladi. Ilmiy-ommabop matnlarda atamalar tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan
qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar tushunilishini ta’minlash maqsadida
tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan
foydalaniladi.
Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik, ma’ruza,
ma’lumotnoma.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng
qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda
yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy
xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq
va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar,
qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan
tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan
o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi
va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar
kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik
tushunchalarni ifodalaydi. Masalan:
Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha
birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni.
(Ona tili darsligidan).
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib
olinganligi sababli («nukleis» - «yadro»)
nuklein kislotalar deb atalgan.
Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki
xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan.
(Biologiya darsligidan).
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:
sof ilmiy uslub;
ilmiy-ommabop uslub.
Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv qo’llanmalari yoziladi.
Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan
boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos
xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan
emas, balki aniq ma’lumotlarning
xolis, umumlashgan
xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq
keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |