Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko’proq
fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi:
dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur
uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan
va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida
qaraladi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga
hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz.
Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan.
Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha
yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli
bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi
musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba,
birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam
atamalarini sportning barcha turlarida bemalol
qo’llash mumkin. Fizikaga oid
issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya,
maydon
singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Til va terminologiya.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangiyangi fanlar va
tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda,
ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan
leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish,
terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga
molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada
teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish,
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil
aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab
kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham
tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular
terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va
texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha
mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini
beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi,
farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan
terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri
keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar
umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada
nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan
holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki
nutqida
kartel
,
kliring
,
tovar oboroti
,
mayda mulkchilik
,
mablag‘ ajratish
,
renta
kabi tor doiradagina
qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar
iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot
sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-
baravar ishlatilaveradi:
Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi
kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va
terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi,
tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: