71
forumi (World Economic Forum) 2004- yildan boshlab aniqlanib kelmoqda
25
. Jahon
iqtisodiy
forumi fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi davlatning va uning
institutlarini barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlab berishi bilan belgilanadi.
Institutsional omillar bilan birgalikda ta‘lim va ishchi kuchining malakasini oshirish,
yangi texnologiyalar va bilimlarga ega bo‗lish ham asosiy omillar sifatida e‘tiborga
olinadi.
Jahon iqtisodiy forumi tadqiqotlariga ko‗ra, mamlakatlarning
reytingi ikkita
indeks bilan aniqlanadi:
Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI);
Biznesni raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index,
BCI).
Global raqobatbardoshlik indeksi 113ta ko‗rsatkichdan iborat bo‗lib,
turli
rivojlanish darajasida turgan mamlakatarning raqobatbardoshligini batafsil yoritib
beradi. Barcha ko‗rsatkichlar 12 ta guruhga kiritilgan:
1.
Institutlar sifati.
2.
Infratuzilma.
3.
Makroiqtisodiy barqarorlik.
4.
Sog‗liqni saqlash va boshlang‗ich ta‘lim.
5.
Oliy ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik.
6.
Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi.
7.
Mehnat bozorining samaradorligi.
8.
Moliya bozorining rivojlanganlik darajasi.
9.
Texnologik rivojlanganlik darajasi.
10.
Ichki bozorning hajmi.
11.
Korxonalarning raqobatbardoshligi.
12.
Innovatsion salohiyat.
25
Индекс глобальной конкурентоспособности. http://gtmarket.ru/ratings/global-competitiveness-index/info