126
millatlararo
munosabatlar, tarixiy hududlar masalalari jihatdan notinch bo‗lgan
mintaqada millatlararo, hududiy negizda turli nizolarni keltirib chiqarishga urinishlar
bo‗lishi mumkin
32
.
Ma‘lumki, mintaqa ulkan xom ashyo zaxirasiga ega. Qozog‗iston,
Turkmaniston va O‗zbekistonda aniqlangan neft zaxiralari yer yuzidagi butun
zaxiralarning taxminan 2,7 foizini, gaz zaxiralari esa 7 foizini tashkil etadi.
Turkmanistonda gazning ulkan zaxiralari aniqlangan. O‗zbekistonda 1 trln. AQSH
dollari miqdorida neft va gaz zaxiralari mavjudligi aniqlangan
33
.
O‗zbekiston oltin zaxiralari 13,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi,
dunyoda
to‗rtinchi o‗rinda turgan davlat hisoblanadi, ishlab chiqarish bo‗yicha esa 7 o‗rinni
egallaydi. Shuningdek, O‗zbekistonda boshqa nodir metallarning
yirik zaxiralari
mavjud
34
.
Yer qa‘ridagi temir rudasi zaxiralarining 8% Qozog‗iston hududiga to‗g‗ri
keladi.
O‗zbekiston va Tojikistonda yirik uran rudasi konlari mavjud. Masalan
O‗zbekiston uran qazib chiqarish bo‗yicha yer yuzida 7 o‗rinda turadi
72
.
Ana shunday ulkan imkoniyatlarga ega bo‗lishiga qaramasdan, Markaziy
Osiyo mamlakatlarining jo‗g‗rofiy jihatdan noqulay shart-sharoiti, aniqrog‗i,
energetik zaxiralarning iste‘mol bozoridan uzoqda joylashgani hamda ushbu bozorga
chiqish yo‗llarining murakkab geosiyosiy xarakteri tufayli mavjud geostrategik
salohiyatdan
foydalanish
imkoniyatlari
cheklangan.
Markaziy
Osiyodagi
davlatlarning birortasi ham ochiq dengizga chiqish yo‗llariga ega emas.
Boshqacha
aytganda, hozirgacha Markaziy Osiyoga asosan havo yo‗llari
orqaligina bemalol kirish mumkin. Mintaqaning Xitoy, Hindiston,
Eron va Rossiya
o‗rtasida joylashgani yetakchi davlatlarning ushbu hudud markaziga yo‗nalish uchun
o‗ziga xos murakkabliklar tug‗diradi. Chunki tabiiy zaxiralardan foydalanish, neft va
gaz quvurlarini biror bir yo‗nalish orqali ochiq dengiz portlariga olib chiqish uchun
bir nechta davlat hududidan o‗tish va buning uchun yetakchi transmilliy
32
http://www.hydromuseum.ru/ru/encyclopedia/glossary/Zapasi_energeticheskih_resursov/
33
http://svom.info/entry/586-mir-i-energeticheskie-resursy/
34
https://www.spot.uz/ru/2018/07/11/gold/
127
kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirishga to‗g‗ri keladi.
Qolaversa, bunday loyihalar yetakchi davlatlar manfaatlarining to‗qnashuviga olib
kelmagan taqdirdagina kutilgan samara berishi mumkin.
Ma‘lumki, dunyodagi eng yirik neft va gaz zaxiralari
Kaspiy dengizi tubi va
atrofida, ayniqsa, Tengiz va Qorachig‗anoq konlarida joylashgan. Shu bois
dunyodagi yetakchi davlatlar bir necha yillardan buyon Kaspiy dengizi ostidagi neft
zaxiralarini o‗zlashtirish uchun keskin kurash olib borayotgani mintaqa atrofida turli
―siyosiy o‗yin‖lar uyushtirayotgani bu hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqda.
Avval boshda Kaspiyning xalqaro mavqei muammosi paydo bo‗lgan bo‗lsa, keyinroq
uning ―dengiz‖ yoki ―ko‗l‖ ekanligini qaytadan belgilab olish masalasi ko‗tarildi.
Undan keyin Kaspiy neft zaxiralaridan o‗zaro foydalanish bo‗yicha Qozog‗iston,
Rossiya, Eron, Ozarbayjon va Turkmaniston o‗rtasida vujudga kelgan keskin vaziyat
haligacha o‗z yechimini topgani yo‗q. 2002 yil may oyida Ozarbayjon poytaxti Boku
shahrida bo‗lib o‗tgan va muvaffaqiyatsiz yakun topgan Kaspiy bo‗yidagi to‗rt davlat
rahbarlarining uchrashuvini misol tariqasida keltirish mumkin. Ma‘lumki, Eron
prezidenti tadbirlar tugamasidanoq Ozarbayjonni tark etgan,
Rossiya prezidenti esa
jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa ishtirokchilarni ―zaif muzokarachi‖lar
(―слабые переговорщики‖), deya ta‘riflagan edi.
8.1-jadval
Dostları ilə paylaş: