O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Global muammolar
- olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi-siyosiy va ahamiyatga 
ega bo‗lgan va o‗z yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning 
birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalari. 
Davlat buyurtmasi
- davlat tomomnidan muayyan mahsulot turini tayyorlash 
va uni iste‘molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi 
ma‘lum ishni bajarish bo‗yicha korxona va xo‗jaliklarga beriladigan topshiriq. U 
birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni kafolatlaydi. 
Davlat byudjeti
- davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan 
ifodalanadigan yillik majmui. 
Davlat qarzi
- davlatning o‗z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar, 
shuningdek, xorij mamlakatlaridan qarzi. O‗z manbaiga qarab, davlat qarzlariga, 
ichki va tashqi davlat qarziga bo‗linadi. Davlat o‗z harajatlarini daromadi bilan 
qoplay olmay qarz oladi, qarz hisobidan o‗z byudjetining kamomadini vaqtincha 
qoplaydi. 
Davlat mulki
- davlat vazifalari bajaraishga xizmat qiluvchi davlat korxona va 
muassasalarining mulki. 
“Daues plani”
- 1924 yilda qabul qilingan bo‗lib, Chikago banklari direktori 
Ch.Daues (Morgan banki bilan chambarchas bog‗liq) tomonidan ishlab chiqilgan 
rejadir. Birinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Germaniyaga g‗olib davlatlar 
(Angliya, Fransiya va boshqalar) tomonidan yuklangan harbiy tovonni (reparatsion 
to‗lov) yengillashtirish va shu yo‗l bilan Germaniya iqtisodiyotini tiklashdir. Rejaga 


137 
ko‗ra, G‗arbiy Yevropaning yetakchi davlatlari 200 mln. Dollarli (uning 110 mln. 
AQSHniki) xalqaro zayom bergan bo‗lib. Bu yordam birinchi galda mamlakatning 
og‗ir sanoatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
"Demografik portlash"
- jahonning kam rivojlangan va kambag‗al 
mamlakatlarida nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada aholi sonini o‗sishi. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin