Jami ijtimoiy mahsulot - muayyan davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan
barcha iste‘mol qiymatlari yig‗indisi. Jami ijtimoiy mahsulotni ayrim kishilar,
korxonalar, tarmoqlar va hokazolarning 1 yil davomida yaratgan mahsulot majmui
sifatida ta‘riflash mumkin.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta‘sirini hisobga olgan holda
milliy narx ko‗rsatkichlari ta‘sirida xalqaro savdo markazlarida hosil bo‗ladi.
Jahon bozori - moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‗rinishidagi
ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol
bosqichlarni o‗z ichiga oluvchi XIMlarning sub‘ektlarini (milliy va hududiy
iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar) o‗zaro iqtisodiy
ta‘sirlanishidagi global muhitidir.
Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT) - xalqaro iqtisodiy munosabatlar
doirasida uzoq davom etgan evolyusiya rivojlanish bosqichlar natijasida shakllangan
va davlatlararo bitimlar orqali mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil
etishdagi ko‗rinishdir.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) - milliy xo‗jalik tizimlari va jahon
iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga
sezilarli ta‘sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‗rtasida jami
migratsion aylanmasi.
Jahon puli - xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy
to‗lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi
bo‗lgan puldir. Jahon puli vazifasini dastlab ma‘lum vazifadagi oltin yombilari
bajargan, so‗ngra xalqaro miqyosda obro-e‘tiborli milliy pul (dollar, funt sterling)
jahon pullari deb e‘tirof etilgan.
139
Import - ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va
xizmat keltirish. Import miqdori va takribi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida
tutgan o‗rniga bog‗liq.