O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Devalvatsiya
- milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi 
(teskari jarayon - revalvatsiya). 
Demping
- tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda 
sotish. Tashqi bozorni egallash uchun mamlakatlar o‗z tovarini ba‘zan ishlab 
chiqarish harajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar 
- dollar, birinchidan AQSH pul birligi, 100 sentga teng. 1786 yilda 
kumush dollar, 1965 yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSH 
dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qo‗llanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 
5, 2, 1 dollarli qog‗oz pullar; 1 va 0.5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. 
Dollar, ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya
Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul 
birligi hisoblanadi. 
Yevro
- yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to‗lov birligi bo‗lib, YIga 
a‘zo mamlakatlar hududida EKYU o‗rniga joriy etilgan. 
Yevropa valyuta tizimi (YVT)
- YI a‘zolarining hududiy valyuta guruhi. 
Yevropa Ittifoqi
(YI) - G‗arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi 
iqtisodiy va siyosiy guruh.
Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YTTB)
- o‗z faoliyatini 1991 yili 
boshlandi, uning ta‘sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YTTBning asosiy vazifalari 
loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo‗yilmalarga kafolatlar 
berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU)
- Yevropadagi qator yetakchi 
sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo‗lib, 
1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi 
bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi. 


138 
―Umumiy bozor‖ga qo‗shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va 
Daniya, 1986 yili Portugaliya YESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a‘zolari 
Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya, Finlyandiya. Kotibiyatning 
shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin