O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Valyuta kliringi
- ikki va undan ortiq hukumatlar o‗rtasida moliyaviy talablar 
va majburiyatlarni o‗zaro hisobga olish haqidagi kelishuv. 
Valyuta 
kotirovkasi

bir valyuta 
bahosini boshqa 
valyutalarda 
ifodalanishining sonli yozuvi. 
Valyuta kursi
- milliy valyutalar o‗rtasidagi nisbat, bir mamlakat 
valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi. 
Valyuta pozitsiyasi
- bankning xorijiy valyutaga bo‗lgan talabi va 
majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi
- valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm. 
Valyuta rezervlari
- xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya 
ko‗rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati
- mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini 
tartibga solishga yo‗naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari
- valyuta kursi o‗zgarishi oqibatida eksportyor va 
importyorning zarar ko‗rishi lozim bo‗lgan holati. 
Valyuta cheklashlari
- xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) 
bo‗yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo‗naltirilgan ma‘muriy va qonuniy tartibda 
belgilangan me‘yoriy qoidalar tizimi. 


136 
Valyutaning konvertirlanganligi
- milliy valyutani xorijiy valyutalarga 
rezidentlar uchun ham, rezident bo‗lmaganlar uchun ham to‗lov balansining joriy 
operatsiyalari bo‗yicha almashtirish imkoniyati. 
Veksel 
- belgilangan ko‗rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel 
egasi ko‗rsatilgan muddat tugagandan so‗ng belgilangan pul summasini qarzdordan 
talab qilishga haqlidir.
GATT
- Savdo va tariflar bo‗yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo 
operatsiyalarini o‗tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‗lgan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‗yicha xalqaro akt. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin