145
Proteksionizm
- xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga davlatning bevosita
va bilvosita usullar orqali faol aralashuvini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosat.
Ratifikatsiya
- shartnomalarni tasdiqlash.
Revalvatsiya
- pul islohotini o‗tkazmasdan turib, pul birligini inflyasiyagacha
bo‗lgan sotib olish qobiliyati va valyuta paritetini asta-sekinlik bilan tiklash.
Revalvatsiyani amalga oshirishning muhim sharti - qog‗oz
pullarni chiqarishni
qisqartirish, tovarooborotning o‗sishini ta‘minlashdir. Revalvatsiyaning boshqacha
formasi qonunda ko‗rsatilgan tartibda baho masshtabini ko‗paytirishdir.
Rezident
- fuqaroligi va pasport statusidan qat‘iy
nazar davlat hududida bir
yildan oshiq yashagan jismoniy va huquqiy shaxs tushuniladi (bu mamlakatda shtab-
kvartiraga ega bo‗lgan diplomatik missiya ishchilari,
harbiy personal va xalqaro
tashkilotlar xodimlaridan tashqari).
Rollover kreditlar
-
asosiy miqdor, qo‗shimcha (marja) va komission
to‗lovlardan tarkib topgan foiz stavkasini qayta ko‗rish mumkin bo‗lgan holda ssuda
berish.
Savdo va taraqqiyot bo„yicha BMT Anjumani (YUNKTAD)
- BMT tizimi
doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng qulay sharoit yaratish rejimi
- mamlakatlar o‗rtasida
kelishilgan holda o‗rnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo„yicha BMT Anjumani (YUNIDO)
- BMT tizimi
doirasidagi maxsus muassasa.
Svop
- forvard bitimi va spot sharti bo‗yicha bitim
asosida amalga oshadigan
turli xildagi valyuta operatsiyalari
Sindikat
- monoplsitik birlashmaning kartelga
nisbatan yuqoriroq shakli, bir
hil ommaviy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning birlashmasi. Sindikat
Fransiya va Rossiyada keng tarqalgan. Unda ishtirok qiluvchilar
mustaqillikka ega
bo‗lishadi, biroq ishlab chiqarilgan mahsulot birlashmaning mahsuloti sifatida
sotiladi.
Spot
- bitimni imzolash paytida kontragentlar qayd etgan kurs bo‗yicha
valyutani darhol etkazib berish bilan bog‗liq bo‗lgan kassa operatsiyalari.