Fritred (erkin savdo) - xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga davlatning
eng kam darajada aralashuvi natijasida o‗z faoliyatini erkin ravishda tanlashini
nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Fyuchers - qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‗urtalash maqsadida
kelishilgan kurs bo‗yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta-
moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy
tashkilot bo‗lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish,
maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - mamlakatlar va hududlar o‗rtasidagi,
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‗jalik aloqalari tizimidagi
munosabatlar tushuniladi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi - ishlab chiqarish bosqichlarining
o‗zaro bir-birini to‗ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy
komplekslarning hamkorlik qilishidir.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi - mamlakatlar o‗rtasidagi
mehnat taqsimoti ko‗rinishi bo‗lib, unda o‗zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir
turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‗ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning
tabaqalanishi yuz beradi.
Xalqaro kredit - valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to‗lov
shartlarida berishlikdir.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) - XTTBning shohobchasi sifatida
1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a‘zo (1995 y.). Maqsadi:
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo‗llab-quvvatlash, korxonalarni kapital
qo‗yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan
xususiy investitsiyalarni rag‗batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.