O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Fritred (erkin savdo)
- xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga davlatning 
eng kam darajada aralashuvi natijasida o‗z faoliyatini erkin ravishda tanlashini 
nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir. 
Fyuchers
- qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‗urtalash maqsadida 
kelishilgan kurs bo‗yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta-
moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF)
- yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy 
tashkilot bo‗lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, 
maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- mamlakatlar va hududlar o‗rtasidagi, 
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‗jalik aloqalari tizimidagi 
munosabatlar tushuniladi. 
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi
- ishlab chiqarish bosqichlarining 
o‗zaro bir-birini to‗ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy 
komplekslarning hamkorlik qilishidir. 
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
- mamlakatlar o‗rtasidagi 
mehnat taqsimoti ko‗rinishi bo‗lib, unda o‗zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir 
turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‗ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning 
tabaqalanishi yuz beradi. 
Xalqaro kredit
- valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to‗lov 
shartlarida berishlikdir. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
- XTTBning shohobchasi sifatida 
1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a‘zo (1995 y.). Maqsadi: 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo‗llab-quvvatlash, korxonalarni kapital 
qo‗yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan 
xususiy investitsiyalarni rag‗batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin