151
ESKATO
- BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri hisoblanadi. Osiyo va
Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlarning (31 ta davlat) iqtisodiy
hamkorlik jamiyati. ESKATO 1947-74 yillarda Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari
hamjamiyati ham deb yuritilgan. Unga RF, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya
(Shveytsariya konsultativ statusga ega) kabi davlatlar ham a‘zodir.
“Yung plani”
- Germaniya uchun ikkinchi reparatsion to‗lov (xarbiy to‗lovlar)
rejasi bo‗lib, Daues rejasining hammualliflari O.Yung tomonidan ishlab chiqilgan.
Rejaga ko‗ra Germaniya g‗olib davlatlarga 113,9 mlrd. marka tovon to‗lashi
ko‗rsatilgan edi. Jahon kapitalizmining umumiy iqtisodiy krizis yillarida (1929-1933
) bu reja amalda bajarilmadi. Lozanna konferensiyasi esa ―Yung plani‖ni mutlaqo
bekor qildi (AQSHning roli katta bo‗ldi). Germaniyada harbiy va og‗ir sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish juda katta tezlikda rivojlanish davriga qadam qo‗ydi.
YUNKTAD
- bu tashkilot 1964- yilning 30- dekabrida tashkil topgan bo‗lib,
unga BMTning barcha a‘zo mamlakatlari va boshqa davlatlar ham kiradi. Vazifasi:
xalqaro savqdoning rivojlanishiga xomiylik qilish, uning xuquqiy asoslarini ishlab
chiqish, xalqaro savdo va shuningdek xalqaro savdo bilan bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar
faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: