O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab  chiqarish tajribasi va mahorat sirlari. Oziq-ovqat xavfsizligi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Nou-xau
- mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab 
chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi
- milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ta‘minlash imkoniyati. 
Osiyo
- Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – 
tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Yangi Zelandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya kabi 
davlatlar tashkiloti bo‗lib, shu hududdagi 11 mamlakatni, Yaponiya, ASEANga a‘zo 
6 mamlakatni (Malayziya, Singapur, Indoneziya, Filippin, Tailand, Bruney) 
birlashtiradi. 
Osiyo rivojlanish banki (ORB)
- 1966 yili BMTning Osiyo va Tinch okeani 
bo‗yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga ko‗ra tashkil 
topdi (1968 yildan boshlab kredit faoliyatini boshladi). Aksioner jamiyati asosida ish 
yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a‘zo. Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan 
davlatlarning iqtisodiy va savdo munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy 
va texnik, iqtisodiy yordam ko‗rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik 
qilishdir. ORBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.
Oferta
- aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi.
Offshor hududlar
- bu jaxon iqtisodiyotida milliy iqtisodiy makonning bir 
qismi bo‗lib, bu yerda xorijiy mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari tijoriy 
operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirashadi.
Ochiq hisob
- hisob-kitob tovar importyor tomonidan olingandan so‗ng 
amalga oshiriladigan forma. Bunda eksportyor importyorga hisob-fakturani hujjatlar 
bilan birgalikda pochta orqali banklar ishtirokisiz yuboradi.
Panjaralash (хеджирование)
- valyuta xatarlarini sug‗urtalash usullarining 
majmuasi. 
Paritet
- turli mamlakat valyutalarining oltinga aylangan holdagi nisbati yoki 
ularning xarid qila olish quvvatiga binoan nisbati. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin