O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy  hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati .  Kliring



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Kvotalash
- davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy 
hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati . 
Kliring 
- qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan 
(naqdsiz) vositachi orqali o‗zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi. 
KOKOM
- 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‗p tomonlama 
eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) komitet hisoblanib, unga 
jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya 
a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik 
ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya
- harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‗ljallangan 
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‗tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy 
mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‗lgan 
valyutalar (AQSH, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya 
iyenasi). 
Konsalting 
- konsalting firma tomonidan har qanday iste‘molchiga keng 
ko‗lamdagi maslahat xizmatlarini ko‗rsatish. 
Konsern
- manfaatlarning mos kelishi asosida korxonalar umumlashuvi, 
birlashuvining rivojlangan shakli. Konsernga kiruvchi korxonalar mustaqil korxona 
hisoblangani bilan yahaqiqatda yagona xo‗jalik rahbarligiga bo‗ysunadi. Konsernda 
konsorsiumdan farqli o‗laroq, yagona iqtisodiy siyosat yurgizish, moliyaviy 
manbalarning bir qismini to‗plash va ayrim boshqa vazifalar markazlashtiriladi. 
Kredit kartochkasi
- eletron bank tizimlari orqali tovar va xizmatlarni naqd 
pulsiz to‗lash instrumenti. 
Kross-kurs
- ikki xorijiy valyutani kesishuvchi kotirovkasi, bunda 
valyutalarning hech biri kursni belgilovchi bitimni imzolagan ishtirokchining milliy 
valyutasi bo‗la olmaydi.


142 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin