Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy
hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati .
Kliring - qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan
(naqdsiz) vositachi orqali o‗zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi.
KOKOM - 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‗p tomonlama
eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) komitet hisoblanib, unga
jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya
a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik
ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya - harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‗ljallangan
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‗tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy
mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‗lgan
valyutalar (AQSH, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya
iyenasi).
Konsalting - konsalting firma tomonidan har qanday iste‘molchiga keng
ko‗lamdagi maslahat xizmatlarini ko‗rsatish.
Konsern - manfaatlarning mos kelishi asosida korxonalar umumlashuvi,
birlashuvining rivojlangan shakli. Konsernga kiruvchi korxonalar mustaqil korxona
hisoblangani bilan yahaqiqatda yagona xo‗jalik rahbarligiga bo‗ysunadi. Konsernda
konsorsiumdan farqli o‗laroq, yagona iqtisodiy siyosat yurgizish, moliyaviy
manbalarning bir qismini to‗plash va ayrim boshqa vazifalar markazlashtiriladi.
Kredit kartochkasi - eletron bank tizimlari orqali tovar va xizmatlarni naqd
pulsiz to‗lash instrumenti.
Kross-kurs - ikki xorijiy valyutani kesishuvchi kotirovkasi, bunda
valyutalarning hech biri kursni belgilovchi bitimni imzolagan ishtirokchining milliy
valyutasi bo‗la olmaydi.