11. Muloqot shakllari va bosqichlari



Yüklə 54,75 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü54,75 Kb.
#94475

11. Muloqot shakllari va bosqichlari.
Shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli psixologik xususiyatlarini o’rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar o’zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashinadilar, ta’sir o’tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, emosional, kognitiv, motivasion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi obyektiv va subyektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini psixolog olimlardan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, A.V.Zaporojes, A.A.Bodalev, B.F.Lomov, A.A.Leontyev, M.I.Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.

L.S.Vigotskiy bola shaxsi psixik dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomalani tushuntirib deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yo’li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishdir”.

L.S.Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o’zaro ta’sir bahs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, psixik jarayonlarining individualligidir: “Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o’sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi, avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararao interpsixologik kategoriya sifatida so’ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”.

L.S.Vigotskiy shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so’ngra esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o’zida saqlaydi.



L.S.Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko’rinadiki, muomala intereorizasiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizasiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin