C APC = ------ 100 Yd Bunda: APC – (average propensity to consume) iste‘molga
o‗rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg‗arish ulushini jamg‗arishga
o‗rtacha moyillik deb ataladi, ya‘ni:
S APS = ------ 100 Yd Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‗armaga
o‗rtacha moyillik.
Soliqlar to‗langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste‘mol
qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‗ariladi, shu tufayli ham iste‘molga va
jamg‗arishga o‗rtacha moyillik yig‗indisi 100% ga yoki koeffisiyent
ko‗rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100% yoki
1 Uy xo‗jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o‗sgan qismini yoki
iste‘mol qiladi, yoki jamg‗aradi.
74
Iste‘moldagi o‗zgarishlarning shu o‗zgarishni keltirib chiqargan
tasarrufidagi daromad o‗zgarishdagi ulushi
iste‘molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ C MPC = ---------100 Δ Yd Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste‘molga
chegaralangan moyillik.
Jamg‗arishdagi o‗zgarishning ixtiyordagi daromad o‗zgarishdagi
ulushi
jamg‗arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S MPS = --------100 Δ Yd Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg‗arishga
chegaralangan moyillik.
MPC + MPS =100% yoki
1 MPS va MPS ancha barqaror ko‗rsatkichlar bo‗lib, juda sekin
o‗zgarishga uchraydilar.
6.3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar –
bu,
hali
buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‗yilgan
kapitaldir. O‗zining moliyaviy shakliga ko‗ra, ular foyda olish
maqsadida xo‗jalik faoliyatiga qo‗yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy
mohiyatiga ko‗ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat
xizmat ko‗rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga
hamda shu bilan bog‗liq bo‗lgan aylanma kapitalning o‗zgarishiga
ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsiyalar tarkibiga uy-joy
qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
75
Sarmoya kiritishda har xil vaqtda kelib chiqadigan xarajatlar va
daromadlarni (foydalarni) taqqoslash zarur.