99
O‗zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab
turadi. Foiz stavkasining o‗zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‗z
aktivlari tarkibini o‗zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga
erishish uchun vaziyatga ta‘sir etib uni o‗zgartirish zarur va mumkindir.
Agar R juda yuqori bo‗lsa, pul taklifi unga bo‗lgan talabdan yuqori
bo‗ladi. Iqtisodiy agentlar o‗zlarida to‗planib qolgan ortiqcha naqd
pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga
intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta‘kidlanganidek, obligasiyalar kursining
pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsyalarni
(kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‗sishini ko‗zda
tutib) sotib olish foydali bo‗ladi.
Banklar, Ms> Md bo‗lgani uchun foiz stavkasini pasaytira
boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o‗z avtivlari tarkibini
o‗zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o‗zgartirilishi
oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib
ketgan holatda teskari jarayon ro‗y beradi.
Dostları ilə paylaş: