105
mahsulot yetkazib beruvchini topishi va o‗zi iste‘molchini topib unga
mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ularning bir qism
daromadlarini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi.
Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning qarori zarur, ya‘ni qonun bilan
olingan to‗lov byudjetga o‗tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar
ham erkin, ochi, anik bo‗ladi, demokratik to‗lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligidan to‗lovchilar va
byudjet o‗rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy
manfaatini, albatta, e‘tiborga olish zarur. Soliq to‗lovchilar daromadini
davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma‘lum
chegarasi mavjud. Bu haqida ko‗plab yirik iqtisodchilar va davlat
arboblari o‗z asarlarida aytib o‗tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq
to‗lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini
hisobga olib soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan
makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va
boshqa umumdavlat maqsadalari uchun yetarli molyaviy resurslar
to‗plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to‗lovchilar
bilan davlat o‗rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z
ifodasini topadi. Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya‘ni
pul munosabati mavjuddir.
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini
majburiy tashkil etadigan soliq va yig‗imlar turlarining yig‗indisiga
soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta‘rifda soliq va yig‗imlar yagona
mohiyat, ya‘ni «majburiy xarakterga ega bo‗lgan munosabat va ularning
bir-biri bilan bog‗liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko‗rsatadi.
Bu O‗zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu
yerda bahsli masala ham mavjud, ya‘ni davlatning byudjetdan tashqari
fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‗urta, bandlik, yo‗l fondlari va
boshqalarga) to‗lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga
kiritish muammosi mavjud. O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga
binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar
va yig‗imlarni o‗z ichiga oladi (9.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: