126
taklifini o‗zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga
solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri –
majburiy bank
zahira me‟yorini
o‗zgartirish siyosatidir.
Majburiy zahiralar – bu,
kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir
qismidir. Zahira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank
likvidligini joriy tartibga solish uchun
sharoit yaratadi va kredit
emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda
ushlab turishga majbur bo‗lgan zahiralarning eng quyi normasini
o‗rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga,
imkoniyatiga ta‘sir etadi. Bu me‘yor qanchalik yuqori bo‗lsa, ortiqcha
zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‗li bilan
«pullarni barpo etish‘ qobiliyati past bo‗ladi. Ilk majburiy zahira
normalari AQSh da 1865 yilda joriy qilingan edi.
Agar Markaziy bank
majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu
esa pul taklifining multiplikasion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu
me‘yor 25 % bo‗lsa, unda bankka qo‗yilgan 800 so‗mdan 200 so‗m
majburiy bank me‘yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‗mni
qarzga berishi mumkin bo‗ladi. Endi faraz qilaylik, me‘yor 10 % ga
tushiriladi, unda bank 720 so‗mni qarzga berish imkoniyatiga ega
bo‗ladi va boshlang‗ich pul taklifini 720 so‗mga oshiradi.
Majburiy bank zahirasi me‘yorini ko‗tarish yordamida pul taklifini
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga
olib keladi. Pul-kredit siyosatini o‗tkazishda
bu vosita butun bank
tizimining asoslariga ta‘sir etadi. Turli mamlakatlarda qo‗llanilayotgan
majburiy zahira normalari turlichadir. Yuqori inflyatsiya darajasi
sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‗lgan bo‗lsa,
Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‗g‗i -2.5 foizni tashkil etadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi
shart emas. Aksincha ko‗pincha bir necha vosita birdaniga qo‗llanilishi,
ya‘ni kompleks siyosat o‗tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo‗sh, pul-kredit
siyosatining oqibatlari qanday? Davlat
tomonidan amalga oshiriladigan
pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va
baholar darajasiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda
127
ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday
sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‗rib
chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul
taklifi o‗sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga
bo‗lgan talabni oshiradi va o‗z
navbatida, YaIM miqdorining
ko‗payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma‘lum davrda o‗z maqsadiga
erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‗xtaydi, ishsizlar soni
kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to‗g‗risida gapirganda, bu
siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak.
Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida
YaIM miqdori o‗sishini rag‗batlantirilgan hamda ma‘lum
darajada
samaradorlikka erishilgan bo‗lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning
samaradorligi pasayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: