133
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga (Yt-
1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‗rinishidagi o‗sishi aniqlanadi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‗sish aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan
real YaIM ning o‗tgan davrga nisbatan o‗zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‗sish nazariyasi va modellarida YaIM o‗rniga SIM,
YaMD, SMD ko‗rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy
nazariyada iqtisodiy o‗sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va
investitsiyalarga bo‗linishiga bog‗liq deb qaraladi.
Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va
yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‗zgarishi
resurs
imkoniyatlarining
o‗sishi
va
texnik
yangiliklarning
moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o‗rtasida yetarlicha
muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol miqdorining oshishi
investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‗sish
imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‗sishni o‗lchashning asosiy ko‗rsatkichlari:
•
Dostları ilə paylaş: