Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 876
w www.oriens.uz June 2021 KIRISH “Turkistonlik ulug' alloma Abu Rayhon Beruniy 973-yil tavallud topadi. U
ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan.
Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn
Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn
Iroq Beruniyning ustozi edi”
1
.“Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U
sevgan fanlar astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.
U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini
aniqlaganini yozadi”. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya,
matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yili Katni,
Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganjning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib
oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan
qochib, Ray shahriga keladi. U Rayda mashhur olim matematik va astronom al-
Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining
„Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. “997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda
Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun
taxtga chiqqan edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha
yashaydi.Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning
„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yillar atrofida shu yerda
yozilgan”
2
. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda
Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-
Masihiy, tabib Al Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida
buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. “Gurganjda
Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning
baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda
solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. “1017-
yil yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra, Beruniy asir sifatida
Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish
bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi.