Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 880
w www.oriens.uz June 2021 astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini oʻchirib
yuborgan.Olim Sulton Masʼudning oʻgʻli Mavdudning hukumronlik yillarida
(1041-1049) oʻzining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“, deb atalgan ikki
asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan boʻlib,
jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi.“Abu Rayhon Beruniy
1048 yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan
astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya,
geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa
fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi”. Beruniyning betakror ijodi uning
vatani Oʻzbekistonda alohida eʼtibor qozongan.
MUHOKAMA Abu Rayhon Beruniy me’rosi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba
sifatida keng tadqiq etiladi. Shunday ekan, mazkur ishlardan asosiy maqsad
“Beruniyning barcha asarlaridagi diniy, axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy
jihatlarini tadqiq qilish va bu borada jahon ilm-fani rivoji ta’siriga qanchalik
muhim o’rin tutganligini o’rganish asosiy maqsad qilib olingan”
12
.
Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” kitobining uchunchi bobini “Hindlarning
aqliy va hissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari, deb ataydi. Shu bobning
boshlanishida “Beruniy yunonlarning Aflotun va Arastudan avval o’tgan etti
donishmand hikmatshunoslarining ismlarini keltiradi. Bu donishmandlar: Afinalik
Salon, Prienalik, Bias, Diogen, Laertsiy “Mashhur yunon faylasuflarining
hayotnomalari” asarida Bias emas, Biant deb ataydi, Korinflik Periandr (bu Korinf
hokimi bo’lgan), Miletlik Salis (Beruniy yunoncha Fales ismini arabiy nomini
keltirgan), Lakedemonlik Xilon, Lesbas orolidan Pittikus, Lindas orolidan
Kleobulosdir”
13
. Beruniy fikricha, bu donishmandlarning hikmatli so’zlari
yunonlarda falsafa ilmi paydo bo’lishidan avvalgi davrni tashkil qiladi. Falsafani
esa, ulardan keyin yetishgan kishilar turli yangilishuv, xurofatlardan tozalab,
tarqatganlar. “Shu bobda Beruniy qadimgi yunonlarda borliq olam va odam haqida
tasavvufiy qarashlarining qanday kelib chiqqanligi haqida gapiradi”
14
. U,
tasavvufga doir so’fiya so’zini boshqa olimlarga nisbatan eng to’g’ri tushuntiradi:
“Ba’zilar fikricha,- deydi u, - faqatgina haqiqiy borliq birinchi sababchidir. Chunki
u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo’q. Boshqalar birinchi sababchiga
muhtojlar So’fiyalar, ya’ni hakimlarning tushunchalari ana shunday. Chunonchi,
12
Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – B. 33.
13
N.Nizomiddinov “Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind musulmon madaniyati”. – T.: O‘zbekiston,
2006. – B. 229.
14
O‘sha asar, B. 50.