Mavzu: Ish hujjatlarini ko‘rgazmalilik va infografik shaklda tayyorlash
Reja:
1. Infografika - bu ma'lumotlarni taqdim etishning ajoyib usuli
2. Infografikaning turlari
3. Edraw Max, Crossword Forge va MindMapleLite dasturi imkoniyatlari
hamda
undan o‘quv jarayonida foydalanish
Hozirgi texnika rivojlangan asrda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz
tasavvur etish qiyin. Axborot texnologiyalari rivojlangan
davrda kompyuter
texnologiyalari yordamida darslarni o‘tkazish o‘quvchilarni darsda befarq
bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish
va izlanishga majbur etishi, kompyuter
savodxonligini oshirish hamda o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish
bugungi kunning dalzarb masalasidandir. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
joriy
etilib,
kasbiy
faoliyatimiz
samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio,
balki
mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza
olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz
mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim
olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar
qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish
dolzarb masala hisoblanadi.
AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga,
balki
ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga
ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda
chop
etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini
rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara¬yonida beriladigan axborotlar
doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga
yordam
beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga
xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi. Shu sababli ham ta’lim
jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va
bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati
tushunchasida
insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy
faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.
AKT dan ta`lim jarayonida
foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish chun
katta imkoniyat hisoblanadi.
Infografika (lotin. Informatio – xabardor qilish, aniqlik kiritish, ta’riflash) – bu
murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq taqdim qilishga mo‘ljallangan
ma’lumotlarning grafik interpretatsiyasi (shakli), “ma’lumot beruvchi grafik dizayn”
hisoblanadi.