42
qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin
kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni
ko‗rsatadiki, muhofaza qilishning to‗liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan,
uning
asosini
quyidagilar
tashkil
etadi:
– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‗ta takomillashgan texnik
vositalari;– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning
mavjudligi;– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;– etarlicha amaliy
tajriba va boshqalar.
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‗ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib
borayotgani yo‗q, aksincha barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib bormoqda. Himoyalangan
axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1].
Umumiy yo‗nalishga ko‗ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‗linadi:
– O‗zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida
fuqarolarning
konstitutsiyaviy
huquqlari
va
erkinliklariga
tahdidlar;
– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini
rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga
chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‗ish, saqlash va samarali foydalanishni
ta‘minlashga
nisbatan
tahdidlar;
– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya
tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning
talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini
saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan
ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial
ma‘lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan
nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: