257
uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda uning
huquqiy asoslarini yaratish va tashkil etish vazifalari qo’yildi.
Dunyo taraqqiyotida atrof-mihit muhofazasi va ekologik ta’lim,
tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekistonda ekologik
xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ekologik
asoslari yaratilib 300 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul
qilingan. Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Xalq ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining
qo’shma qaroriga asosan “Respublikada ekologik ta’limni
rivojlantirish va ekologik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
istiqbollari” dasturi va konsepsiyasi, shuningdek, “O’zbekiston
Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim
konsepsiyasi to’g’risida”gi qo’shma qarori hayotga samarali tadbiq
qilinmoqda. Shuningdek, 2013-2017 yillar uchun O’zbekiston
Respublikasida qabul qilingan muqobil energiyadan foydalanish va
atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi sohani barqaror
rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: