4.6. Quyosh energiyasi yordamida xlorella yetishtirish
Xlorella
– xlorokokksimonlar sinfiga mansub mayda, bir
hujayrali yashil suv o’tlari turkumi. Hujayrasi dumaloq yoki ellips
shaklada. Kattaligi 5 – 12
mkm
, yupqa va mustahkam po’st bilan
o’ralgan. Hujayra ichida: xloroplast va pirenoid joylashgan. Jinssiz
ko’payadi. Tabiatda xlorella juda keng tarqalgan bo’lib, har xil suv
havzalarida, nam tuproqlarda uchraydi. Xlorellaning 40 dan ortiq turi
aniqlangan, shundan MDH da 18 turi mavjud, jumladan O’rta Osiyoda
5 turi bor. Tabiatda xlorella
(
Chlorella vulgaris)
eng ko’p
tarqalgan (4.28-chizma).
Xlorella quyosh energiyasini
intensiv ravishda o’zlashtiradi.
Uning biomassasi trakibida 40 -
50 foiz oqsil, 30 - 37 foiz
uglevod, 5 - 10 foiz yog’,
vitaminlar va boshqa moddalar
mavjud. Bir gektar suv havzasi
4.28-chizma.
Quyosh
energiyasi
yordamida
xlorellar
o’stiruvchi
qurilma.
133
yuzasidan (aprel - noyabr) xlorelladan 30 - 70 toonnagacha biomassa
olish mumkin. Xlorellaning nisbatan yuqori (38°С), o’rtacha (25 -
30°С) va past (15°С) haroratlarda o’sadigan turlari bor. Nisbatan
yuqori va o’rtacha haroratni sevuvchi turlari ko’proq o’stiriladi va
hosildor hisoblanadi. Xlorella aralashtiriladigan (suspenziyasi)
maxsus;
mexanizasiyalashtirilgan
hovuzlarda ko’p miqdorda
o’stiriladi.
O’zR FA akademigi A.Muzaffarov va akademiya faxriy a’zosi
T.Taubayevlar boshchiligida O’zR FA Mikrobiologiya ilmiy
tekshirish instituti xodimlari tomonidan olib borilgan uzoq muddatli
tajribalar shuni ko’rsatdiki, qoramol, qo’y cho’chqa va parrandalarga
xlorella sharbati aralashgan ozuqa berilganda, ular gassipol va
avitaminoz kabi kassaliklarga duchor bo’lmasliklaridan tashqari,
ularning vazni 20 – 25 % qadar ortishi, tovuqlardan olinadigan tuxum
miqdori ko’payishini aniqladilar. Shuning uchun ham respublikamizda
xlorella sharbatini ko’plab etishtirish masalasi qo’yilgan. Xlorellani
o’ztiruvchi qurilmalar asosan doiraviy havza va to’g’ri burchak
shaklidagi uzun beton lotoklardan iborat. Xlorella yaxshi o’sishi
uchun tegishli ozuqa moddalari va karbonat angidrid gazi bilan
ta’minlab turishdan tashqari, har bir hujayra quyosh nuridan
bahramand bo’lishi kerak. Buning uchun xlorella suspensiyasi doimo
trubelent oqim tarzida harakat qilib turishi kerak. Suspenziyanasoslar
yordami bilan berk kontur bo’yicha kun bo’yi harakatga keltirib
turiladi.
Ko’pgina qurilmalarning asosiy kamchligi – havzalar gorizontal
bo’lgani uchun xlorellani haraktga keltiruvchi elektronasoslar doimo
ishlab turishi, uni ko’plab etishtirish uchun juda katta maydon talab
etilishidir (havza chuqurligi 20
sm
dan oshmasligi kerak). Bu
kamchiliklarni brtaraf etish va quyosh energiyasidan samaraliroq
foydalanish maqsadida O’zR FA Fizika-texnika instituti va
Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari hamkorlikda yil
davomida xlorella sharbatini etishtirish uchun qiya zinasimon
gelioqurilmani yartdilar.
Bu qurilma – asosan kul’tivasiya maydoni, umimiy havza,
etishtirilgan suspenziya saqlanadigan havza, sirkulyasion va is gazi,
havo arlashmasi bilan ta’minlab turuvchi trubalardan iborat.
Kul’tivasiya maydoni nishabli bo’lib, unga yassi beton lotoklar
joylashtirilgan. Bu lotoklarga suspenziya oqimiga tik qilib o’rnatilgan
134
to’siqlarda darchalar qoldirilgan. Suspenziya bu to’siq darchalar
tufayli lotok bo’ylab yuqoridan pastga tomon ilon izi tarzida oqib
tushadi. Bunday harakat natijasida u tegishli quyosh radiasiyasini
olish bilan birga yaxshi aralashadi va is gazi bilan ta’minlanadi. Havo
bilan is gazi aralshmasi compressor yordamida haydaladi. Shu
yo’sinda xlorella kun bo’yi sirkulyasiyalanib turadi. Tunda u umumiy
havzaga to’planadi va xlorella hujayralari og’irlik kuchi ta’sirida
havza ostiga cho’kadi. Ertasiga bu cho’kkan qismi yetilgan sharbat
uchun ajratilgan havzaga haydaladi va u yerdan iste’molchilarga yoki
separator xonasiga jo’natiladi. Umumiy havzaga yana tegishli ozuqa
muhiti bilan boyitilgan suv qo’shilib kul’tivasiya jarayoni davom
ettiriladi.
Suspenziya konsentrasiyalangan quyosh nuri bilan impul’s tarzida
(IK lampa bilan) qo’shimcha ravishda ta’sir etilsa, hosildorlik qariyib
30% gacha ortishi ham kuzatilgan.
Xlorelladan oziq-ovqat sanoatida, farmasevtikada, chorvachilikda,
iflos suvlarni biologik tozalashda yopiq ekologik sistemalardagi
havoni regenerasiya qilishda (kosmik kema, suv osti kemalarida)
foydalanish mumkin. Turli moddalarga boy bo’lganligi sababli
xlorelladan konditer mahsulotlariga, ayrim ichimlik tarkibiga qo’shib
iste’mol qilish mumkin. Har – xil dorilar tarkibiga qo’shiladi. Xlorella
qo’shib tayyorlangan maz va chamchalarning davolash xususiyati
xlorella qo’shilmaganlaridan yaxshiroqdir. Qoramol, qo’y echki va
boshqalar rasioniga sutkasiga 2 –10 l xlorella suspenziyasi qo’shib
berilganda, ularning tirik vazni 15 – 20 foiz, sut mahsuldorligi esa 13–
18 foizga ko’payadi. Xlorella suspenziyasini tut bargiga purkab
berish natijasida qurtlarning vazni 15–25 foizgacha, pillaning salmog’i
esa 13,1 –18 foizgacha ortadi. Xlorellaning qishloq xo’jaligidagi
boshqa ekinlardan farqi shundaki, uning o’sayotgan muhiti o’zgarishi
bilan tarkibidagi oqsil, yog’ va boshqa oziq moddalar miqdori
o’zgarishi mumkin. Bu esa kelajakda xlorellani o’stirish negizida
oqsil, yog’lar, vitaminlar, antibiotiklar va boshqa moddalar olish
imkoniyatini beradi.
O’zbekiston sharoitida g’allachilikning ham o’z o’rni bor. Bu
ekin respublikamizda ikki usulda: birinchisi lalmi holda, ikkinchisi
sug’orib ekiladi. Lalmi yerlarga boshoqli ekinlar ekilganda,
odatdagidan ko’proq hosil olish uchun urug’ xlorella suspenziyasiga
ivitiladi. Urug’ maxsus lotoklarda xlorella suspenziyasi 10-15 mln.
135
ml/l hujayra qalinligida 4-5 soat davomida ivitib ekiladi. Bunda urug’
tez unib chiqadi, tuproq namni o’zida yaxshi saqlaydi. Unib chiqqan
yashil massa ustidan 2-3 marta purkagich apparatlar yordamida
xlorella suspenziyasi sepilsa, o’sib rivojlanishi, ildizlarning taraqqiy
qilish, boshoqlar qilishga olib keladi. Hosil mo’l bo’ladi.
Xlorella suspenziyasini maxsus idishlarda olib kelinib, suv
oqayotgan ariqlarga qo’yish kerak bo’ladi. Bunda xlorella suv bilan
ekinzorga tarqaladi va tupqoning ustki qatlamida suv o’ti ko’payadi
nam yaxshi saqlanadi. Bu hosilga hosil qo’shiladi, tuproq tarkibi
boyib, strukturasi yaxshilanadi.
Respublikamiz sharoitida dala malikasi makkajo’xori ekish ham
yaxshi yo’lga qo’yilgan. Birinchidan don olinsa, ikkinchidan chorva
uchun ozuqa tayyorlanadi. Ma’lumki, makkajo’xori ekin uchun ham
hosil yerlari ajratiladi. Ko’p hollarda bunday yerlardan olingan hosil
miqdori oz bo’ladi. Ana shunday dalalarga xlorella suspenziyasi
makkajo’xori unib chiqishi bilanoq, biro y davomida 4-5 marta
purkagichlar yordamida sepilsa, uning massasi, rivojlanish yuqori
bo’ladi, hosildorlik ham ortadi va tuproq sifati yaxshilanadi.
Sug’oriladigan yerlarda poliz ekinlari ekishi yildan yilga ko’payib
bormoqda. Xalqimizga shirin-shakar qovun tarvuzlar yetkazib
berishni ko’paytirilmoqda.
Xlorella suspenziyasida poliz ekeinlari urug’ini 23-30 soat
davomida ivitib ekish yaxshi samara beradi. Urug’ bir – ikki kun erta
unib chiqadi, rivojlanishi, o’sishi tezlashadi, urug’ unib chiqqandan
keyin,
purkagich
apparatlarida
xlorella
sepilsa
kasalliklarga
chalinmaydi, tuproq tarkibi kerakli oziq-moddalarga boyiladi. Hosil
15-20 foizga ortadi. Bodra ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bunda yosh maysaga xlorella suspenziyasi sepilganda, barglari
so’limasdan yashil qiyofada bo’ladi, bir tekis yashnab o’sib turadi.
Bundan tashqari unib chiqqan ko’chatlar ustiga 2-3 marta purkagichlar
yordamida xlorella sepilsa g’unchaga g’unchalar qo’shiladi, bu tavsiya
etilayotgan biologic usulning maqbul tomoni shundaki, xlorella
qo’llanilganda etishtirilgan mahsulot sifatli, chidamli, chiroyli bo’lib,
uzoq saqlanadi. Bu bilan ortiqcha isrofgarchiliklarga ham yo’l
qo’yilmaydi. Polizchilik va meva-sabzavotchilikda kimyoviy dorilarni
qo’llaganda mahsulot uzoq turmaydi.
O’zbekiston sharoitida tok ko’chatlarini asosan qalamcha usulida
ko’paytiriladi. Kuzda qalamcha qilinib, 100 tadan bog’lab tuproqqa
136
ko’mib qo’yiladi. Erta bahorda olinib shu o’rinda bog’langan
qalamchalar teskari ko’milib, ildiz chiqaradigan tomoni yuqori qilib
qo’yiladi. Ustiga polietilen plyonkasi tortiladi. Natijada, qalamchalar
oq ildiz bera boshlaydi, bu orada qalamcha ekiladigan dalalar
tayorlanadi. Keyin ildiz chiqargan qalamchalarni ko’chirib olinib,
qalaamchalar maxsus tayyorlangan idishlarga xlorella suspenziyasiga
ildiz tomoni botirib qo’yiladi. Bu jarayon 2-3 soat davom qiladi va
ko’chatlar dalalarga ekiladi. Xlorella suspenziyasi ivitib ekilganda tok
ko’chatlarining ko’karishi 90 foiz ta’minlaydi. Oddiy usulda ekilgan
ko’chatlar ko’karishi 55-60 foizni tashkil qiladi.
Xlorella ishlatilgan ko’chatlar ko’karishi, o’sishi, taraqqiy qilishi,
ularni pishib yetilishi baquvvatligi, ildizlarini taraqqiy etishi kuz
faslida yaxshi samara beradi. Suspenziya ivitib ekilganda 35-40 foiz
ko’chatlar ko’payishi tufayli katta iqtisodiy foyda ham olinadi.
Novdalar tashqi muhit ta’siriga bardoshli bo’ladi. Kassaliklarga
chidamli, suv tanqisligiga ta’sirchan, rivojlanishi ancha yuksak
bo’ladi. Maslan, olma, behi, olxo’ri va shu kabi ko’chatlar xloroz
kasaligiga uchraydi. Shu kasallikning oldini olish uchun maxsus
purkaagich apparatlar yordamida xlorella suspenziyasi purkalsa
kasallik yo’qoladi va barglari yashil tusga kirib, ko’chatlar yaxshi
rivojlanadi.
Bulardan tashqari, meva berib turgan tokzorlarda ham shu
kasallik uchrab turadi. Kassalikni yo’qotish uchun ko’p joylarda
zaharli kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Shuning o’rniga xlorella
suspenziyasi qo’llanilsa, kasallik butunlay yo’qoladi va mo’l hosil
olish mumkin. Xlorellani qo’llash: xlorella suspenziyasi barglarga
purkaladi, ariq ochilib ildiziga suv orqali yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |