5-Mavzu: Fizika darslarida TIMSS topshiriqlaridan foydalanishning
afzalligi
Reja:
1.
Tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot
2.
TIMSS 2019 Tabiiy fanlar
3.
TIMSS topshiriqlaridan namunalar
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) –
o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish
darajasini baholash dasturi hisoblanadi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘rta
maktab o‘quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni o‘qitish darajasi va
sifatini, shuningdek milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash
va taqqoslash imkonini beradi. Ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro
Assotsiatsiya tomonidan milliy markazlar ishtirokida yetakchi xalqaro ilmiy
tashkilotlar konsortsiumda amalga oshiriladi. Xalqaro muvofiqlashtiruvchi tadqiqot
markazi Boston kolleji (International Study Center,
Boston College, AQSh)
hisoblanadi. Tadqiqot 1995 yildan boshlab, to‘rt yillik sikllarda amalga oshiriladi
va o‘rta ta’lim sohasida eng nufuzli xalqaro tadqiqotlardan biri hisoblanadi.
Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni asta-sekin o‘sib
bormoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimiga ega bo‘lgan
mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4- va 8-sinf o‘quvchilarining
tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o‘quvchilar yutuqlarining turli
darajalarini belgilaydigan ta’lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. 2019 yilda tadqiqotning
yettinchi sikli
o‘tkazildi. Avvalgi tadqiqotlar 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015-yillarda
o‘tkazilgan. 2019-yil TIMSS tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi.
Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda
o‘rta maktab o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha umumta’lim
tayyorgarliklarini qiyosiy baholash va bu ta’lim tayyorgarlik darajasiga ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uning
natijalari har to‘rt yilda bir marta 4-sinf o‘quvchilari 8-sinf o‘quvchilariga
aylanganda ta’limning matematik va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi an’analarni
kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishtirokchi mamlakatlarda matematik
va tabiiy fanlar ta’limi mazmunining va o‘quv jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlari, shuningdek, ta’lim
muassasalari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ular
oilalarining xususiyatlari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi.
Tadqiqotning metodologik asosi bir tomondan rejalashtirilgan va amalga
oshiriladigan ta’lim darajasining o‘zaro bog‘liqligini, boshqa tomondan esa
erishilgan ta’lim darajasini (ta’lim natijalari) tahlil qilish imkonini beruvchi
o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning kontseptual modeli hisoblanadi.
Ushbu model doirasida ta’lim uchta daraja vaziyatidan ko‘rib chiqiladi:
* Rejalashtiriladigan daraja – ta’lim muassasasiga ijtimoiy buyurtma.
Rejalashtirilgan darajada ta’limning rasmiy maqsadlari va jamiyatda to‘plangan
pedagogik va uslubiy g‘oyalar to‘plami shakllantiriladi, bu o‘quv
dasturlari va
o‘quv qo‘llanmalarida o‘z aksini topadi.
* Amalga oshiriladigan daraja – ta’lim muassasasining haqiqiy o‘quv
jarayoni. Amalga oshirilayotgan darajada ta’lim muassasasi o‘qituvchisi real
(haqiqiy) ta’lim jarayonida ta’limning rejalashtirilgan mazmunini shakllantiradi.
* Erishilgan daraja – ta’lim muassasasida ta’lim natijalari. O‘quvchilarning
ta’lim yutuqlari, bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlari erishilgan darajada
baholanadi.
Tadqiqot xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan va
barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona hisoblanadigan yo‘riqnomalarga
muvofiq
amalga
oshiriladi.
Tadqiqotning
barcha
bosqichlari
(tadqiqot
ishtirokchilarining saralashni shakllantirish, material (topshiriq yoki tadqiqot
vosita) larni tarjima
qilish va moslashtirishdan, test jarayonini o‘tkazish va
sinovdan oldingi hamda undan keyingi ma’lumotlarni anketalashtirishgacha)
xalqaro ekspertlarning bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. Har bir
mamlakatda milliy tadqiqot koordinatori tayinlanadi, u ishtirokchi mamlakatning
ta’lim vazirligi va ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro uyushma o‘rtasida
ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida aniqlanadi. Shunday qilib,
mamlakat qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli infratuzilma va resurslarning
mavjudligini kafolatlaydi.
Tadqiqot vositalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida “TIMSS Assessment
Frameworks and Specifications” ning maxsus ramka hujjati qo‘llaniladi. Bu
hujjatda o‘quvchilarning tabiiy-matematik tsikldagi ta’lim
yutuqlarini
baholashning umumiy yondashuvlari va test topshiriqlarini ishlab chiqish,
o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishda namoyish etishi kerak bo‘lgan bilim
faoliyati turlari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim
muassasalarini tavsiflovchi
asosiy omillar ro‘yxati, tahlil qilish uchun so‘rovnoma jarayonida to‘planadigan
ma’lumotlar, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Turli mamlakatlar
o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlarini taqqoslash uchun asos bo‘ladigan
maksimal obyektiv test sinovini o‘tkazishda tadqiqotda ishtirok etayotgan
mamalakatlar ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
Shuning uchun ushbu hujjat ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan tuzilgan maxsus
ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va shundan so‘ng tekshirilayotgan
mazmunning ishtirok etuvchi mamlakatlarning o‘quv dasturlari mazmuniga
muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi.
Bu shuni anglatadiki, xalqaro taqqoslash
natijalariga tayanib, mamlakatlar o‘zlaridagi matematik va tabiiy-ilmiy ta’limning
kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari mumkin.
Tabiiyki, bolalarda atrof-olam va unda o‘zlarining o‘rni haqida
qiziquvchanlik bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar ta’limi bolalarning
bunday qiziquvchanligiga asoslanadi va ularni o‘zlari yashayotgan dunyoni
muntazam tadqiq etish yo‘liga boshlaydi. Quyi sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar
haqidagi tushunchalari shakllanib borar ekan, ularning o‘zlari va dunyolari
to‘g‘risida qarorlarni ongli ravishda qabul qila olish ko‘nikmalari rivojlanib boradi,
natijada, ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni to‘qib
chiqarilganidan ajrata
oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning ilmiy asosini tushunishda
qodir fuqarolar bo‘lishadi.
Iqtisodiy rivojlanish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan
innovatsiyalarning rivojlanishiga turtki beradigan tabiiy fanlar, texnika va
muhandislik sohalarida faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan insonlarga butun dunyoda
talab ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirish uchun mazkur sohalar bo‘yicha
o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash juda muhimdir.