“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 203,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix15.08.2023
ölçüsü203,27 Kb.
#139428
1   2   3   4   5   6
unFsc5cctqqpDGATrwQKqufXuVHZD9YmUs5EF2H1

Modellardan 
foydalanish 
Tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishni namoyish 
etish, jarayon, sikl, munosabatlar yoki sistemani tasvirlash yoki 
tabiiy fanlar bilan bog‘lash, muammolarga yechim topish uchun 
diagramma yoki boshqa modeldan foydalanish. 
Ma’lumotni 
talqin qilish 
Matn, jadval, rasm va grafikdagi ma’lumotlarni izohlash 
uchun tabiiy fanlarga oid tushunchalarni bilishdan foydalanish. 
Tushuntirish 
Tabiiy fanlarga oid tushuncha yoki qonuniyatdan 
foydalanib, kuzatish yoki tabiiy hodisani izohlash yoki izohni 
aniqlash. 
 
Mulohaza yuritish 
Ushbu sohadagi test topshiriqlari orqali o‘quvchilardan ma’lumotlarni tahlil 
qilish, xulosalar chiqarish va o‘zlarining tushunchalarini yangi vaziyatlarga tadqiq 
etishlari talab qilinadi. “Mulohaza yuritish” sohasidagi test topshiriqlari “Qo‘llash” 
sohasidan farq qilib, noma’lum yoki yanada murakkab kontekstlarni o‘z ichiga 
oladi. Bunday savollarga javob berishda bir nechta yondashuv yoki strategiya 
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mulohaza yuritish ilmiy farazlarni ilgari surish va 
ilmiy tadqiqotlarni loyihalashni ham nazarda tutadi. 
Tahlil qilish 
Ilmiy muammoning tarkibiy qismlarini aniqlash, 
savollarga javob berish va muammolarni hal qilishda tegishli 
ma’lumotlar, tushunchalar, munosabatlar va namunalardan 
foydalanish. 
Sintez qilish 
Bir qator turli omillar 
yoki bir-biriga bog‘liq 
tushunchalarni ko‘rib chiqishni talab qiladigan savollarga javob 
berish. 
Savollarni 
shakllantirish / 
Faraz qilish / 
bashorat qilish 
(prognoz) 
 
Tadqiqot o‘tkazish orqali javob berish mumkin bo‘lgan 
savollarni shakllantirish va tadqiqot rejasi haqidagi ma’lumot 
yordamida tadqiqot naijalarini bashorat (prognoz) qilish; 
tajriba, kuzatish va/yoki ilmiy ma’lumotlarni bilish va 
tushunishga 
asoslanib, 
tekshiriladigan 
taxminlarni 
shakllantirish; biologic obyekt yoki fizik jismlarga ta’sir 
ettirilganda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni bashorat (prognoz) 
qilish uchun dalil va kontseptual tushunchalardan foydalanish. 

Yüklə 203,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin