1.Fanningmazmuni Hozirgi kunda Respublikamizda dorivor o’simlikshunoslik sohasini rivojlantirish ustuvor yto’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Jiyda o’simligi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va uni yetishtirishni yo’lga qo’yish bugungi kunda asosiy vazifalaridan biri bo'lib, bu sohada ayni paytda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur "Jiyda yetishtirish texnologiyasi" fanining mazmuni, predmeti, metodi va ushbu dorivor o'simlikni yetishtirish bo'yicha respublikamizda qabul qilingan farmon va qarorlarni, dunyo mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda ham dorivor o'simliklardan tayyorlanadigan dori vositalariga bo'lgan talab, mazkur talabni qondirish uchun jiyda o'simligining tabiiy zaxiralarini asrash va ularni mazkur sharoitlarda ekib o'stirish va yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqarish masalalariga qaratilgan. Respublikamizda dorivor jiyda o'simlik turlari va o'stirish sharoitlarini hisobga olgan holda ularni yetishtirish texnologiyalarini (yerni tayyorlash, urug'ni tayyorlash, ekishning optimal muddatlarini belgilash, xom ashyoni yig'ish) shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o'z aksini topgan. "Jiyda yetishtirish texnologiyasi" fanini chuqur o'rganish tegishli soha muammolarini hal qilishda muhim rol o'ynaydi.