Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
30 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
ta’lim minimal normasi; tanlangan fan sohasida hech bo‘lmaganda zaruriy 
ahamiyatga ega bilimlar - ta’limning ilg‘or darajasi; hech bo‘lmaganda shaxsga 
o‘z faoliyatini tahlil va baholashga imkon beruvchi refleksiv bilimlar. 
Hozirgi vaqtda biologiya fani ta’limi sohasida quyidagi o‘zgarishlar yuz 
bermoqda: 
- maqsadga yo‘naltirilganlik va uni rivojlanish funksiyasining ustuvorligini 
aniqroq belgilashdagi o‘zgarishlar; 
- ta’limning uch bosqichidagi izchillik - 1-4 sinflar boshlang‘ich ta’lim, 5-9 
sinflar asosiy, 10-11 sinflar o‘rta umumiy ta’lim; 
- asosiy bosqichda biologiyaning barcha bo‘limlarini o‘rganish; 
- ta’lim darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni saqlab qolgan holda 
muqobil o‘quv dasturlari va qo‘llanmalaridan foydalanish; 
- biologiyaning barcha bo‘limlari tarkibini ekologiyalashtirish; 
- tegishli profil uchun ishlab chiqilgan yangi o‘quv-metodik qo‘llanmalar 
asosida yuqori sinflarda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish; 
- biologiyadan ta’lim mazmunining majburiy minimumini maktabning amaliy 
faoliyatiga kiritish. 
O‘quv dasturi: tavsiflovchi; ma’naviyat va ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish; meyoriy yoki tashkiliy-metodik - o‘quv materialini tanlash, o‘qitish 
metod va shakllari kabi funksiyalarni bajaradi. 
O‘quv dasturlari asosiy, ishchi va mualliflik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Odatda o‘quv dasturlari davlat ta’lim standarti talablari asosida ishlab chiqiladi. 
Ishchi o‘quv rejalari namunaviy dastur asosida ishlab chiqiladi. Mualliflarning 
o‘quv dasturlari tarkibiy tuzilishi o‘zgacha mantiqqa amal qilishi, o‘z g‘oyalari va 
qarashlarini ifoda etishi mumkin. 
Ishchi o‘quv dasturi - har bir alohida o‘quv mavzusi bo‘yicha o‘zlashtirish 
uchun asosiy bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilaydigan meyoriy 
hujjatdir.
O‘quv materialining mazmunini joylashtirishning konsentrik uslubida, 
dasturning bir xil bo‘limlari o‘qitishning turli bosqichlari yoki bir xil fanni 
o‘rganishning turli bosqichlari o‘rganiladi. Konsentrik uslubning kamchiliklari - 
bir xil materialga takroran qaytish tufayli o‘rganish sur’atining pasayishidir. 
O‘quv materialining mazmunini kengaytirishning chiziqli uslubida dasturning 
bir xil bo‘limlariga takroriy qaytish amalga oshmaydi. Materiallar asta-sekin 
murakkablashishi bilan tizimli va izchil tarzda joylashtiriladi. 
Xususan, dastlabki variant - mavzuni chuqur o‘rganadigan sinflar uchun 
“Biologiya” dasturini qarab chiqadigan bo‘lsak, dastur biologik, tibbiy profil uchun 
mo‘ljallanishii mumkin. Funksional yondashuv orqali dasturning barcha 
bo‘limlarida organlar va to‘qimalarning tuzilishi hamda funksiyalari atroflicha 
ko‘rib chiqiladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalaniladigan dasturlar uchun uch xil 
variant mavjud: 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin