Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
73 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qo'shma va o'yin uslublari bir vaqtni 
o'zida texnikani sayqallashtirishga hamda maxsus jismoniy sifatlarni o'stirish 
masalalarini hal qilishga hamda texnik-taktik tayyorgarlik va o'yin mahoratini 
takomillashtirishga qaratilgan bo'ladi. 
To'rtinchi bosqich - harakatni o'yin jarayonida mustahkamlashni ko'zda tutadi. 
Bunda bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qo'llanadi (rasmlar, jadvallar, 
o'quv filmlari, tasviriy filmlar), o'yin jarayonida texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik 
topshiriqlari, o'yin va bellashish usullaridan foydalaniladi. 
Voleybolda ham boshqa sport turlari kabi o'rgatishning asosiy vositasi 
jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. Shuning uchun ular 
ma'lum bir o'rgatish bosqichidagi qo'yilgan vazifalarni hal etishdagi o'rni bo'yicha 
turkumlanadi. Bunday turkumlanishga voleybolchilarning musobaqa faoliyati asos 
qilib olingan. Shunga bog'liq holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi, bular 
asosiy yoki musobaqa va yordamchi yoki trenirovka. 
Voleybol harakatlariga o'rgatishda vositalarning samarasi ko'p hollarda ularni 
qo'llash uslublariga bevosita bog'liq bo'ladi. Uslublar qo'yilgan vazifa, 
shug'ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq shart-sharoitlarga bog'liq holda 
tanlanadi va qo'llanadi. Qo'yilgan vazifaga bog'liq ravishda aynan bir vositani turli 
uslublarda qo'llab, undan turlicha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, har bir 
tayyorgarlik turida vazifalar va turlarning ketma-ketligi ham ma'lum mantiqiy 
bog'liqlikka egadir. 
Bir tayyorgarlik turidagi vazifalar sifat jihatidan o'zgarib, keyingi tayyorgarlik 
turiga zamin yaratadi. Masalan, tayyorgarlik mashqlari o'rganilayotgan texnik 
usulning umumiy tuzilishini ifoda etadi. Yaqinlashtiruvchi mashqlar maxsus 
jismoniy tayyorgarlikdan texnik tayyorgarlikka o'tishda ko'prik vazifasini o'taydi. 
Ma'lum darajadagi murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik 
ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik yakka 
tartibdagi taktik harakatlar o'rganiladi. 
XULOSA 
Voleyboldagi asosiy harakatlanish - bu yurish, yugurish, yonga qadam tashlab 
yugurish, orqa bilan, qadam tashlab to'xtash, sakrashdan iboratdir. Ko'p hollarda 
harakatlanishlar qiyin emas deb izohlanib, ularga etarli e'tibor berilmaydi. Bu esa 
noto'g'ri fikrdir. Chunki o'yinchining turli harakatlarni bajarishi uchun holat va joy 
tanlashi bajariladigan harakatning samarasiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiladi. Shuning 
uchun harakatlanishlarni o'rgatishga katta e'tibor qaratish zarur. Murabbiyning 
dastlabki o'rgatish jarayonini to'g'ri tashkil qilishi, mamlakat terma jamoalari 
uzviyligini ta'minlash va malakali sport zahiralarini etishtirish kabi muhim 
vazifalarni samarali shakllanishiga asos bo'lib hizmat qiladi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin