Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Korxona balansi likvidligi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   354
Bank iwi

Korxona balansi likvidligi
ijobiy, chunki bazis davrda balans 
likvidligi 46 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy davrda 55 foizni 
tashkil qilgan, ya’ni shu davr ichida balans likvidligi 9 punktga oshdi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvid mablag‘lari qisqa 
muddatli majburiyatlaridan kamida ikki barobar ortiq bo‘lgan 
taqdirdagina uning moliyaviy ahvoli yaxshi deb hisoblanadi. Bu yuqori 
mezon chegarasidir. Bizning misolimizda bu nisbat bazis davrda 2,1 
baravarni (1:2a, ya’ni, 109627:51107) joriy davrda esa 2,3 baravarni 
tashkil qilgan. 
Xo‘jalik subyektlarining likvid mablag‘lari uning qisqa muddatli 
majburiyatlari hajmiga teng bo‘lgan hollarda (1 = 2a) gi ko‘rsatkich 
quyi chegara sifatida olinadi. 
Likvidlik koeffitsiyenti joriy majburiyatlarning nafaqat naqd 
pulning o‘zi bilan, balki jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlardan tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobidan 
ham qoplanishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
Qoplash koeffitsiyenti
bazis davrda 2,15 ni, joriy davrda esa 
2,27 ni tashkil qilib mijozning birinchi sinfga taalluqliligini ifodalayapti 
(47-jadvalga qarang). 
Likvidlik koeffitsiyenti
tegishli davrlarda 0,55 va 
1,2 ni tashkil qilib bazis davrda mijozning uchinchi sinfga mansub 
ekanligini ifodalasa, joriy davrda u ikkinchi sinfga ko‘tariladi. Bunday 
hollarda mijozning sinfi bo‘yicha aniq bir xulosaga kelish uchun faqat 
bir yillik davr emas ko‘proq davrni, shu bilan bir qatorda boshqa 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni ham tahlilga jalb qilish zarur. 
Korxonaning qarz olish manbalariga muhtoj emasligi uning o‘z 
mablag‘lari bilan qanday ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib uning 
darajasi moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti darajasi bilan belgilanadi. 
Ma’lumki, korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga: 

ustav kapitali;

qo‘shilgan rezerv kapitali; 

taqsimlanmagan foyda; 

maqsadli tushumlar va foizlar; 

kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar


359

kelgusi davr daromadlari kiradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin