1. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi
aniq foizlar usuli.
Bu usul aniq bo‘lgani sababli markaziy va tijorat banklari
tomonidan juda keng foydalaniladi. Uning xususiyati shundaki, foizni
hisoblashda ssudadan foydalanadigan kunlar va yillardagi kunlar ham
aniq beriladi. Masalan:
R – berilgan kredit summasi - 100000 so‘m;
i – foiz stavkasi - 9 % yillik;
K – ssudadan foydalanadigan aniq kunlar soni;
S
1
– o‘stirilgan qarz summasi.
S
1
= 100000 · (1 + 0,09 · 260 kun : 365 kun) = 106411 so‘m
2. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi
oddiy foizlarni qo‘llash usuli.
Bunda hisoblash uchun ssudadan foydalanadigan aniq kunlar olinib,
yildagi kunlar esa 360 kun deb qabul qilinadi. Agar kredit kunlari 360
kundan oshsa, u holda qo‘shilgan foiz yillik foiz stavkasidan yuqori
bo‘ladi (masalan, ssuda kunlari 364 kun bo‘lib qolsa, u holda 364:360 =
1,011 bo‘ladi).
Buni yuqoridagi ma’lumotlar misolida ko‘rib chiqamiz.
S
2
= 100000 · (1 + 0,09 · 260 : 360) = 106499 so‘m.
3. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini taxminiy olgan holdagi
foizlarni qo‘llash usuli.
Bunda ssuda kunlari taxminan olinib 360 kun deb qabul qilinadi.
Odatda, kunlarning aniq soni taxminiyga qaraganda ko‘proq bo‘lishi
mumkin, shu sababli aniq kunlar soni bilan qo‘shilgan foizlar
taxminiyga qaraganda ko‘proq bo‘ladi deb hisoblanadi. Bizning
misolimizda ssuda kunlarining taxminiy soni 257 kunga teng deb
olingan. Shuni hisobga olgan holda:
S
3
= 100000 · (1 + 0,09 · 257 : 360 ) = 106424 so‘m.
462
Qo‘llangan usullardan ikkinchi usul, ya’ni ssuda kunlarining
haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi oddiy foizlarni qo‘shish usuli
boshqa usullarga nisbatan bankka ko‘proq foyda keltirar ekan.
[296].
Real foiz stavkasini aniqlash bevosita inflatsiya darajasini
aniqlash bilan bog‘liq. Tasodifiy yoki tez inflatsiya sur’atlari sharoiti pul
mablag‘larini qarzga oluvchilar uchun qulay hisoblanib, ular keyinchalik
qarzlarini qadrsizlangan pul bilan qoplaydilar. Kreditorlar esa
narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi sharoitida yutqazadilar.
Masalan, bank qarz oluvchiga bir yil muddatga 1200 ming so‘mni
120 foiz bilan murakkab foiz asosida berdi. Agar inflatsiya yil davomida
140 foizni tashkil etsa, pulning xarid qobiliyatini topish lozim bo‘lsin.
Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
( )
(
)
n
n
y
i
P
S
+
+
=
1
1
Bu yerda:
S – inflatsiyani hisobga olib qo‘shilgan summa;
n – kredit muddati, yilda;
i – foiz stavkasi;
p – boshlang‘ich summa;
y – inflatsiya darajasi;
(1 + y) – inflatsiya indeksi.
Bizning misolimizda:
(
)
(
)
m.
so'
ming
1100
4
,
1
1
2
,
1
1
1200
=
+
+
=
S
Demak, 1200 ming so‘m pulning xarid qobiliyati bir yildan so‘ng
1100 so‘mga pasayadi. Pulning qadrsizlanishi qarz oluvchiga 100 ming
so‘mlik samara keltiradi.
Agar kredit muddati bir yil bo‘lib, inflatsiya sur’atlari aniq bo‘lsa, u
holda kreditning foiz stavkasi quyidagicha aniqlanadi:
i
(y)
= i + y + i · y
Qoplanishi lozim bo‘lgan summa oddiy foizni hisoblash usulida
quyidagicha aniqlanadi:
Agar yillik inflatsiya sur’atlari aniq bo‘lib, u yil davomida
[
]
)
(
1
y
i
n
P
S
⋅
+
=
463
mutanosib o‘zgarsa, bir yilgacha muddatga berilgan kreditlarning foiz
stavkasi quyidagicha aniqlanadi:
i
(y)
= i + y + r : n
·
i
·
y
Masalan, 25 mln. so‘mlik qarz 90 kunga berilgan bo‘lsin. Kuti-
layotgan inflatsiya 130 %. Agar kredit operatsiyasining daromadlilik
darajasi 110 % ni tashkil etishi lozim bo‘lib, bir yil 360 kun deb olinsa,
qarz berishdagi oddiy foiz stavkasining qaytarilishi lozim bo‘lgan
summa qanchaga teng?
Buni, ya’ni foiz stavkasini quyidagicha aniqlaymiz:
i(y) = 1,1 + 1,3 + 90 : 360 · 1,1 · 1,3 = 2,7575 yoki 275,7 %.
Inflatsiyani hisobga olgan holda qaytariladigan summa:
S = 25 000 000 (1 + 90 : 360 · 2,7575) = 42 234 375 so‘mni tashkil
etadi.
Foiz stavkasini belgilashda foiz oluvchining talab-ehtiyojlari
hisobga olinishi lozim. Agar inflatsiya sur’atlari yiliga 700-800 foizni
tashkil etib, tijorat banklari kredit uchun foiz stavkasini shu yoki undan
ortiq darajada belgilasa, bu kreditni olishga talabgorlar chiqmaydi.
Shuning uchun ham, kredit uchun foizlarni belgilashda mijozlarning
imkoniyatlari va talablari hisobga olinishi lozim.
[297].
Iste’mol kreditlari bank uchun eng daromadli kreditlardan
hisoblanib, ularga o‘rnatiladigan foiz stavkalari jalb qilingan mab-
lag‘larga belgilanadigan foiz stavkalaridan ancha yuqori bo‘ladi. Agar
jalb qilingan mablag‘larning foiz stavkasi ko‘tarilib ketsa, bank uchun
iste’mol kreditlariga o‘rnatiladigan foiz stavkasi o‘z kuchini yo‘qotish
riskini vujudga keltirishi mumkin.
Iste’mol kreditlariga quyidagilar eng yuqori foiz stavkasining
o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi:
Iste’mol kreditlari juda riskli va bank uchun qimmatga
tushadigan qo‘yilmalardan hisoblanadi.
Iste’mol kreditlari mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlarga ham
bog‘liqdir. Iqtisodiyotning rivojlanishi iste’mol kreditlari hajmining
oshish omili bo‘lsa, uning tanazzulga yuz tutishi yoki rivojlanishining
sekinlashishi iste’mol kreditlari hajmining keskin qisqarib ketishiga olib
keladi. Chunki jismoniy shaxslar o‘zlarining kelajagiga umidsizlik bilan
qaraydilar. Bu hol ayniqsa ishsizlik ko‘payganda yaqqol seziladi va
bankdan qarz olish hajmi keskin kamayadi.
464
Iste’mol kreditini olish uchun bankka murojaat qilgan mijozlar
kreditning oylik to‘lovlarini muntazam ravishda to‘lab borishlari
mumkin. Lekin foiz stavkasiga kelganda, u oylik to‘lovlar bilan birga
to‘lanib borsa ham mijozlarga xush kelmaydi.
Iste’mol kreditidan foydalanish asosan bilimlari darajasi va
ularning daromadlari darajasiga bog‘liq. Serdaromad kishilar iste’mol
kreditidan ko‘proq foydalanadilar. Shuningdek, oila boshlig‘ining yoki
oila boquvchisining bilim va ma’lumot darajasi yuqori bo‘lsa, bunday
kishilar ham iste’mol kreditidan ko‘proq foydalanadilar. Ular iste’mol
kreditini ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish omili deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: |