9.5. Test topshiriqlari va masalalar 1. Ssuda foizi – bu: a) vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan o‘ziga xos to‘lovdir; b) Londondagi jahon ssuda kapitallari bozorida etakchi erkin almashadigan valutalar, ya’ni AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi kabi valutalardagi depozitlarga to‘lanadigan o‘rtacha foiz stavkasidir; c) zayom mablag‘idan foydalanadigan barcha davr uchun o‘zgarmaydigan bir xil darajadagi o‘rnatilgan stavkadir; d) olingan qarz yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinadigan stavkadir. 2. Quyida qayd qilingan ssuda foizining qaysi biri kredit shakllari bo‘yicha foiz turiga kiradi? a) lombard krediti bo‘yicha foiz; b) Markaziy bank hisobiga foiz; c) iste’mol krediti bo‘yicha foiz;
467
d) aylanma mablag‘lar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz. 3. Quyida qayd qilingan ssuda foizining qaysi biri kredit tashkilotlari bo‘yicha foiz turiga kiradi? a) lizing shartnomalari bo‘yicha foiz; b) depozit foizi; c) asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz; d) Markaziy bank hisobiga foiz. 4. 3-test topshirig‘idagi javoblarning qaysi biri «Qat’iy belgilangan foiz stavkasi» deb ataladi? a) b b) c c) d d) a 5. 3-test topshirig‘idagi javoblarning qaysi biri «Foiz stavkasi»