Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   354
Bank iwi

62-jadval. 
Erta diagnostika va riskni baholash 
21F1
)
 
Mamlakat 
Nazorat
organi
Tizim 
Tizim joriy 
qilingan yil 
Tizim toifasi 
Fransiya 
Bank
komissiyasi 
ORAP 1997 
Masofadan 
monitoring (MM) 
Germaniya 
Federal 
nazorat organi 
BAKIS 1997 
Moliya 
koeffitsiyentlari va 
guruhlab tahlil 
qilish tizimi 
Italiya Italiya 
banki 
PATROL 1933 
MM, baholashning 
reyting tizimi 
Niderlandiya 
Niderlandiya 
banki 
RAST 1999 
Riskni baholashning 
yalpi tizimi 
Angliya
Moliya 
xizmatlarini 
boshqarish 
RATE 1998 
Riskni baholashning 
yalpi tizimi 
AQSh 
Barcha 
nazorat
organlari 
CAMELS
1978 
Tekshiruv natijalari 
bo‘yicha joyida 
reyting berish. 
 
texnik ta’minot darajasi; 
pul va inson omili. 
 
Xalqaro hisob-kitoblar bankida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra 
diagnostika tizimini shakliy belgilariga qarab to‘rtta keng toifalarga 
ajratish mumkin: 
banklarni baholashning reyting tizimi; 
moliyaviy koeffitsiyentlar va guruhlab tahlil qilish tizimlari; 
bank riskini baholashning yalpi tizimlari; 
statistik modellar. 
Qator tizimlardan foydalanish, hech bo‘lmasa, ulardan bittasining 
muammoli bankni aniqlab berishi ehtimolini oshiradi. Tizimlar sifatini 
baholashda asosan kompyuter yordamida amalga oshiradilar. Ularning 
ayrimlarida ekspert xulosalar asosiy o‘rin tutsa, boshqalarida kompyuter 
dasturlarining hisob-kitoblari ustunlik qiladi. 
[302]
. Reyting asosan, bankning yillik faoliyati natijalari asosida 
beriladi. Banklarni baholash (audit)ning bugungi kunda xalqaro 
amaliyotda o‘rin olgan usullaridan biri «CAMEL» reyting tizimidir.
1978 yilda AQSh banklaridan biri bo‘lgan «Sheshunoff Bank» ning 
1)
Qarang: BPK, 2001, 12-son, 14-bet 


474
ekspertlari bank faoliyatini quyidagi 7 guruh omillar asosida tahlil qilish 
va baholash uslubini ishlab chiqdilar: 
bankning o‘sishi (rivojlanishi); 
bankning kategoriyasi (bank faoliyatining ma’lum guruhga 
kirishi); 
risk darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiyalar; 
bankning ishonchliligi (uning «kapital» mavqeyi); 
muammoli kreditlar summasi va tendensiyalari; 
daromad manbalari, boshqa banklarga nisbatan umumiy 
foydalilik; 
yirik «beqaror» majburiyatlar bo‘yicha bankning darajasi. 
Bank mutaxassislari ushbu omillarning barchasini muhim deb 
bilgan holda, ulardan oxirgi 5 tasi (4, 7-chilari) ga alohida e’tibor 
beradilar va ularning bosh harflari birlashtirilib «CAMEL» - omillar deb 
yuritila boshlandi. 
Shunday qilib, banklar faoliyatini baholashning «CAMEL» reyting 
tizimiga asos solindi. Ushbu baholash uslubiga ko‘ra omillar 
quyidagicha tavsiflanadi ( 63-jadval). 
Ushbu besh tarkibiy qism aniqlangach, bankning yakuniy umumiy 
reytingini belgilash imkoni tug‘iladi. 
«CAMEL» reyting tizimining asosiy jihatlari quyidagilarda 
ko‘rinadi: 
«CAMEL» tizimi, ko‘proq masofaviy nazoratga asoslangan 
yevropacha usuldan farqli o‘laroq, joyida tekshirishga asoslangan 
bo‘lganligi sababli, banklarni tashqi audit qilishda juda ham qo‘l keladi. 
Mazkur tizim AQSh tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda 
qo‘llaniladigan andozalashtirilgan reyting tizimi bo‘lib, aniq va 
mukammal bo‘lganligi sababli, foydalanish uchun qulaydir. 
Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining 
asosiy komponentlari: 
– kapitalning yetarliligi (S); 
– aktivlar sifati (A); 
– bank menejmenti (M); 
– daromadlilik (E); 
– likvidlik (L) tahlil etilishi natijasida bankning moliyaviy 
mustahkamligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash 
mumkin. 


475

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin