479
darajasini tahlil qilishdir. «CAMEL» tizimida risklar bo‘yicha aktivlarni
tasniflash 4 guruhga bo‘linadi:
0 foiz – maxsus aktivlar;
20 foiz – standart bo‘lmagan aktivlar;
50 foiz – shubhali aktivlar;
100 foiz – zarar keltiradigan aktivlar.
Tijorat bankining moliyaviy ahvolini aniqlashda aktivlar sifatini
baholash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning haqiqiy qiymati
buxgalterlik hisobida aks ettirilgan qiymatga to‘g‘ri kelmaydi.
Aktivlarning sifatini tahlil qilish uchun muammoli qarzlarni tasniflash
asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur.
Aktivlarni andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga
tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash,
shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollariga mo‘ljallangan
zaxiralarning yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan uzoq
muddatli ssudalar naqd pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssudalar va
boshqa aktivlar tekshiriladi.
Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e’tibor aktivlarning qaytishiga
qaratiladi. Ularning holati aniqlanganda, haqiqatan ham, kreditlarning
o‘z vaqtida qaytarilishi o‘ta muhimdir. Respublikamiz tijorat banklarida
mavjud o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar jami summasi kredit
qo‘yilmalarining 1 foizga ham etmagan holda MDH tarkibidagina emas,
balki jahon miqyosida ham bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Lekin
mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadi
har qanday mablag‘ yuqori darajada samarali bo‘lishiga qaratilgan.
Aktivlar sifati bankning kredit tavakkalchiligi bilan ham bevosita
bog‘liq va eng yirik kreditlar tekshiriladi.
[306]
. Bank faoliyatining asosiy maqsadi, yuqori daromad olishdan
iborat. Odatda, yuqori daromad oladigan banklar samarali faoliyat
yuritayotgan bank deb tan olinadi. Biroq
Dostları ilə paylaş: