61
12-chizma.
Pul massasi va uning unsurlari.
Kvazi so‘zi lotincha «quasi» – mavhum, tagi-tugi yo‘q, o‘xshash,
deyarli ma’nosini bildirib, Xalqaro Valuta Fondining metodologiyasi
bo‘yicha tijorat banklarida muddatli va omonat qo‘yilmalarida saqlanay-
otgan naqd bo‘lmagan pul mablag‘larini anglatadi. Bunday pullar pul
muomalasi tarkibida ancha salmoqli va dinamik rivojlanayotgan qismini
tashkil etadi.
Kvazi-pullar to‘g‘ri ma’noda pul bo‘lmasa-da, shunga qaramay,
likvid aktivlar, ya’ni qiymatini yo‘qotmay, osongina pulga aylantirsa
bo‘ladigan aktivlar hisoblanadi.
Albatta, eng likvid aktiv pulning o‘zidir (mutlaq likvidlik), biroq
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, san’at asarlari kabilar bu
borada u bilan bir xil darajada turadi. Binolar, uskunalar, mashina va
boshqalar likvidligi biroz kamroq. Odatda, boyliklarning bu toifasi
«muzlatilgan»
aktivlar deb yuritiladi. Kvazi-pullar ham ancha likviddir.
Chunki muddatli omonatlar, obligatsiyalar hamda aksiyalar-ning ayrim
turlari rivojlangan mamlakatlarda qisqa vaqt ichida naqd pulga aylantiri-
lishi mumkin.
Ayni paytda tarixdan ma’lumki, davlatga qandaydir ehtiyojlar
uchun katta pul mablag‘lari zarur bo‘lib qolgan hollarda pulning bu
turini uzoq muddatga muzlatib qo‘yish hollari bo‘lgan va u bu tadbirni
ixtiyoriydan majburiy tadbirga aylantirgan.
Odatda, siyosiy yoki iqtisodiy tanglikdan chiqayotgan mamlakat-
ning pul siyosati ana shunday
Dostları ilə paylaş: