64
Pul taklifi talabdan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin: kam bo‘lganda
to‘lov krizisi yuzaga keladi. Pul taklifi uning muomalaga chiqqan
miqdori bilan o‘lchanadi, bu miqdor esa uning aylanma tezligiga qarab
har xil bo‘ladi.
Pulga talabni korxonalar, tashkilotlar, aholi va davlat bildiradi,
chunki ular xo‘jalik subyektlari, ishlab chiqaruvchi yoxud iste’mol-
chilardir. Pulga talab pulning ikki funksiyasidan, ya’ni:
– muomala vositasidan, xususan, kundalik xaridlarni va bitimlarni
amalga oshirish;
– jamg‘arma vositasidan, xususan, puldan qiymatni saqlash vositasi
sifatida foydalanish va o‘z ixtiyorida yetarli miqdorda likvid pullarni yig‘ish
zaruriyatidan kelib chiqish.
Har ikkala maqsadga erishish uchun pulning real xarid kuchi
barqaror bo‘lishiga erishish muhim rol o‘ynaydi.
Pulga talabning miqdoriy o‘lchami bor. Uni hisoblab chiqish odatda
ayirboshlashning miqdor tenglamasiga (PM•PO=N•YaIM) asoslanadi.
Umuman muomaladagi pul miqdori uch asosiy omilga bog‘liq:
– narxning absolut darajasi (R). Qanchalik narx baland bo‘lsa,
shunchalik pulga bo‘lgan talab ko‘payadi (boshqa holatlar teng bo‘lgan
sharoitlarda);
– yaratilgan real mahsulot darajasi (Q). Bu ko‘rsatkichning o‘sishi bilan
aholining real daromadi oshadi. Ularni to‘lash uchun ko‘proq pul kerak
bo‘ladi.
Pul aylanmasi tezligiga (V), ya’ni pul yiliga necha marta daromad
bo‘lib qaytadi va necha marta oldi-sotdiga xizmat qiladi. Bu bog‘lanishlarni
quyidagi formulalar yordamida ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: