67
omillar – resurslar va shuningdek, yaratilgan tovar – xizmatlar harakatini
bildiradi.
Markaziy bank pulga bo‘lgan talabni aniqlashda quyidagi asosiy
ko‘rsatkichlarga amal qiladi:
– bazaviy davrning narxlarida yalpi ichki mahsulotning taxmin
qilinayotgan o‘sishi;
– rejalashtirilayotgan davrda pul aylanishining taxminiy tezligi;
– taxmin qilinayotgan davrda narxlar o‘sishining yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi.
Iqtisodiy faollikning yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmi
orqali taxminan ifodalanishi mumkin. Potensial YaIM umumiy ishlab
chiqarish imkoniyatiga beriladigan bahoni aks ettirishi kerak. Markaziy
bank mutaxassislari ushbu ko‘rsatkichni hisoblab chiqish chog‘ida
Kobba-Duglas shaklidagi ishlab chiqarish funksiyalaridan, uzoq mud-
datga doir ma’lumotlar asosida regression modellardan foydalanadi.
Kelgusi yilda kutiladigan narxlar o‘sishini Markaziy bank narxlar
dinamikasining avvalgi holati (trendi)ni hisobga olgan holda me’yor
sifatida qabul qiladilar. Muomala tezligi ham ushbu ko‘rsatkichning
avvalgi holati asosida statistika usullarini qo‘llash yordamida belgi-
lanadi.
Pulga bo‘lgan talabni empirik baholash oldingi davrlarda mavjud
bo‘lgan pul bilan YaIM, inflatsiya, foiz stavkalari va boshqa omillar
o‘rtasidagi nisbatlar statistikasiga asoslanishi mumkin. Bunda, odatda
ular o‘rtasidagi aloqaning mustahkamligini baholash imkonini beradigan
korrelatsion-regression modellardan foydalaniladi.
Pul taklifi Markaziy bank tomonidan quyidagi chizmada bosh-
qariladi (16-chizma).
Dostları ilə paylaş: