5
yo‘naltirish bosqichida boshlang‘ich sinflarda (1- 4-sinflar)
kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar uchun “Kim bo‘lsam ekan?” texnologiya darsi hamda sinf soatlari, o‘quv
mashg‘ulotini amalga oshirish, qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga yo‘naltirish bosqichida
o‘rta sinflar (5- 6- 7-sinflar) umumta’lim maktablarining kichik va o‘rta yoshdagi o‘smirlar
uchun “Kasblar olamiga sayohat” sinf soatlari va texnologiya darslari hisobiga o‘quv
mashg‘uloti
tashkil etish, shaxsning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish va rivojlantirish
bosqichi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida
(8- 9-sinflar) katta yoshdagi o‘smirlar uchun “Men orzu qilgan kasb” maktab ixtiyoridagi
soatlar va texnologiya darslari hisobiga psixologik-pedagogik tashxis metodikalari sinf
soatlari o‘tkazish, kasbiy o‘zlikni anglash bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
yuqori sinf o‘quvchilari (10-11-sinf) va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarida
o‘z tanlagan kasb-hunarlariga dastlabki kirish, kasbiy tanlovning
aniqlashtirish hamda
mustaxkamlash yuzasidan ta’lim muassasasida, ishlab chiqarish korxonalaridagi “Men
tanlagan kasb” psixologik-pedagogik tashxis metodikalari mustaqil va ma’naviyat
soatlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda amaliyot hisobiga kasbiy faoliyatdagi amaliy
mashg‘ulotlar orqali olib boriladi.
Oliy ta’lim bosqichida ham kasbiy tanlovni ongli ravishda tanlagan,
ota-ona maslahati
va tengdoshlariga ergashib, shuningdek, kasbni tasodifan tanlagan shaxslar uchraydi.
Ularning har biri bilan induvidual yondoshgan holda tyutorlar (guruh rahbarlari), ishlab
chiqarish ustalari va fan o‘qituvchilari tomonidan kasbiy maslahatlar, to‘g‘ri
kasbga
yo‘naltirish ishlari amalga oshirilishi lozim bo‘ladi.
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda texnologiya (mehnat
ta’limi) o‘qituvchilariga, professional ta’lim muassasalari maxsus fan o‘qituvchilari,
guruh
rahbarlari, oliy ta’lim tashkilotlari tyutorlari, umumkasbiy hamda maxsus fan o‘qituvchilari
uchun amaliy faoliyatlarini tashkil etishning quyidagi bosqichlarini tavsiya etamiz:
Birinchi bosqich – “Kasblar alifbosi” bilan tanishish, erta kasb-hunarga yo‘naltirish.
Ikkinchi bosqich –“Kim bo‘lsam ekan?” boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirish.
Uchinchi bosqich–“Kasblar olamiga sayohat” qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga
yo‘naltirish.
To‘rtinchi bosqich – “Men orzu qilgan kasb” shaxsning kasbiy yo‘nalganligini
shakllantirish va rivojlantirish.
Beshinchi bosqich – “Men tanlagan kasb” kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy moslash-
ish, kasbiy o‘sish va shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi.
Oltinchi bosqich – “Kasbiy barqarorlashuv” kasbiy qaror qabul qilish va kasbiy
tanlovning yakuniy bosqichi.
Hozirda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari mamlakatimiz siyosatining ustivor
yo‘nalishlaridan biri sanalib kelinmoqda. Azaldan qadr topgan ilm ahli va kosiblarning
hozirda ham hurmat topayotganlari quvonarli, albatta. Buni biz yurtimizda
har yili turli
kasb egalari va ma’rifatli insonlarning ilm-fan hamda xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi
fidokorona mehnatlari uchun yuksak mukofotlar bilan taqdirlanayotganlari misolida
ham ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa shulki, ota-ona yoxud ustoz bolani yoshlik chog‘idanoq bilim olishi va hunar
o‘rganishi uchun to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatsa, kelgusida kamol topachak avlod yanada barka-
mol bo‘ladi.
Bunda ayniqsa, boshqa xalqlarda deyarli uchramaydigan ustoz-shogirdlik
an’anasi asrlar mobaynida davom etishining ijobiy natija berishi shubhasizdir.