Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat


I. MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 419,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix16.08.2023
ölçüsü419,1 Kb.
#139618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (4)

 
I. MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI 
Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning moliya bo‘limi faoliyati va 
xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishish, kasbiy-amaliy bilimlarini o‘rganishdan 
iborat.
Talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy 
bo‘linmalari, ya’ni moliya bo‘limining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari bilan 
tanishish amaliyotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyot davrida 
talabalar amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam 
ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiq. 



II. MALAKAVIY AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA 
VAQTNING TAQSIMLANISHI 
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni tuman (shahar) moliya bo‘limining 
tashkiliy tuzilishi, bo‘limlari va sho‘balari ish faoliyati bilan tanishishdan boshlanadi. 
Amaliyot joyidan biriktirilgan mas’ul xodim talaba amaliyot obyektining ichki 
intizomi, bo‘limlarning ish faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi. Amaliyot 
tuman (shahar) moliya bo‘limining barcha bo‘lim va sho‘balari(ikkita bo‘lim va beshta 
sho‘ba)da o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan har 
bir ish o‘rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan 
axborot-kommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT” zamonaviy veb-
texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan 
tanishib chiqish talab etiladi. 
Talabalarning tanishuv amaliyotini o‘tash davri o‘quv jarayoni jadvali asosida 
belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi (1-jadval): 
1-jadval.
Amaliyot kunlari bo‘yicha mavzular va ularning taqsimoti 
№ 
Amaliyot ish joyi
Ish kunlari 
soni 
1.
Moliya bo‘limining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishi 

2.
Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy 
ta’minlash bo‘limining funksiya va vazifalari 

3.
Moliya bo‘limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash 
va byudjetlararo munosabatlar bo‘limining funksiya va vazifalari 

4.
Moliya bo‘limining davlat maqsadli dasturlari monitoringi 
sho‘basining funksiya va vazifalari 

5.
Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini 
rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya 
va vazifalari 

6.
Moliya bo‘limining qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy 
etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basining funksiya va 
vazifalari 

7.
Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining 
funksiya va vazifalari 

8.
Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksiya va 
vazifalari 

9.
Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar 

10.
Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni 
rasmiylashtirish 


Yüklə 419,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin