·
davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko’rish maydonida tartibli ketma-
ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko’p
bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
·
obyektlar shakli, harf va raqamlar o’lchami, ranglarning to’qligi, matnning joylashishi va
boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o’zigaxosligini hisobga olgan holda;
·
vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
·
xotirada saqlash uchun mo’ljallangan materialning rangini o’zgartirish, tagiga chizish, shrift
o’lchamini va stilini o’zgartirish orqali ajratish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan obyektlar insonlar
tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak
.
Vizual axborotlarni tashkil etishda
predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o’ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud:
to’g’ri va teskari. To’g’ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to’qroq,
teskari kontrastda esa ochroq bo’ladi.
Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta
kadr doirasida birgalikda. Ko’p hollarda teskari kontrast ustunlik qiladi. Multimedia
ilovalarining to’g’ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko’payishi
ko’rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari
kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik o’lchamda bo’lganda ham to’g’ri
kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o’qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o’lchamlari qanchalik
katta va uning yorqinligi yuqori bo’lsa, kontrast shunchalik kichik bo’lishi kerak. Ko’rish
maydonida yorug’likning bir me’yorda taqsimlanishi orqali ekrandagi axborotlarni erkin qabul
qilishga erishiladi.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o’rganishni optimallashtirish uchun multimedia
ilovalarini ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg’ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim
oluvchining diqqatini ma’lum bir obyektga jalb qilishga yo’naltirilgan usullar mantiqiy urg’ular
deyiladi. Mantiqiy urg’ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh obyektni topishga
sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu obyektga jalb qilish bilan bog’liq. Mantiqiy
urg’ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez ishlatiladi: asosiy obyektni
yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o’lchamini, yorqinligini, joylashuvini o’zgartirish yoki
shu’la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg’uni son jihatidan uning intensivligi bilan
baholash mumkin. Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan mutanosibligiga,
obyektning nisbiy o’lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o’lchamiga nisbatan o’zgarishiga
bog’liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash
yaxshiroq hisoblanadi, o’lchamini yoki yorqinligini o’zgartirish, shu’la taratuvchi rang bilan
ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi.
Multimedia ilovalari quyidagilarga bo’linadi:
·
Dostları ilə paylaş: